Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:30

Futbol: O'zbekiston Xitoyni mag'lub etdi


Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni safarda Xitoy terma jamoasiga qarshi o’tgan o’rtoqlik uchrashuvida 2:1 hisobida g’alaba qazondi.

Xitoyning Xaxxot shahrida o’tgan uchrashuvda hisob mezbonlar tarafidan o’yinning 31-daqiqasida ochildi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari birinchi bo’lim tugashiga bir daqiqa qolganda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo’lishdi. Chamasi 25 metrlardan turib kuchli zarba bilan kiritilgan golga hujumchi Ulug’bek Baqoyev mualliflik qildi.

Ikkinchi bo’limning 54-daqiqasida esa O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov o’z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

Ikki tarafning ham keskin hujumlariga qaramasdan o’yin so’nggigacha hisob o’zgarmay qoldi.


Uchrashuvdan so'ng uyushtirilgan matbuot yig'inida, O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Xitoy jamoasi ustidan qozonilgan g’alaba Janubiy Koreyaga qarshi o’yin oldidan juda muhim ekanligini aytib o’tdi.

Eslatamiz, futbol bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi 11 iyun kuni Seulda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi 2014 yilgi Jahon chempionatining saralash o’yinlari doirasidagi uchrashuvda maydonga tushadi.

Agar 11 iyun kuni Janubiy Koreya jamaosi ustidan g’alaba qozonsa, O’zbekiston terma jamoasi muddatidan avval kelasi yilda Braziliyada o’tadigan Jahon chempionatiga chiqishi mumkin.
XS
SM
MD
LG