Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:30

FSB qo‘lga olgan "terrorchilar" orasida o‘zbekistonliklar bor


9 may kuni Moskvada portlash uyushtirmoqchi bo‘lganlikda ayblanayotgan bir guruh shaxs ustigan tergov ishlari boshlandi. Qo‘lga olinganlarni allaqachon “terrorchi”ga chiqargan FSB Rossiya va O‘zbekiston fuqarolari “Turkiston Islomiy partiyasi” tomonidan Moskvada portlash uyushtirishga jo‘natilganini aytmoqda.


Rossiyada navbatdagi “terrorchilar guruhi” fosh etildi


Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskva viloyatining Mitishchi tumanida “xalqaro terrorchilik banditlar guruhi” fosh etilganini xabar qildi. Qo‘lga olingan guruh a‘zolari 9 may – G‘alaba kunida Moskvada portlash uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgani iddao qilinmoqda.

FSBning Aksilterror qo‘mitasi rasmiy vakili Aleksey Privalovning jurnalistlarga tarqatgan ma‘lumotnomasida “vahhobiylar to‘dasi” rahbari 43 yoshli Yulay Davletbayev ham qo‘lga olingani, qolgan “terrorchilar” 20 may kuni maxsus amaliyot davomida otib o‘ldirilgani bildirilgan.

Aleksey Privalov maxsus amaliyot davomida og‘ir yaralangan boshqirdistonlik 52 yashar Robert Amirxanov, Mitishchida qo‘lga olingan 43 yoshli Yulay Davletbayevlar “afg‘on-pokiston chegarasida joylashgan Vaziristonda "Turkiston Islomiy partiyasi" tarkibida mafkuraviy tayyorgarlik o‘tgani, minalashtirish, qo‘lbola portlatish moslamalarini yasashni o‘rgangan, NATO koalitsiyasi qo‘shinlariga qarshi janglarda ishtirok etgan”ini ma‘lum qildi.

- Xorijda 3 yillik tayyorgarlikdan keyin, janggarilar “Turkiston Islomiy partiyasi” rahbarlari buyrug‘i asosida yashirincha Rossiya Federatsiyasiga qaytib keldi va bu yerda terrorchilik hujumlariga tayyorgarlik ko‘rdi. Ular Orexovo-Zuyevoda kvartiralardan birida joylashib oldi. FSBning o‘z vaqtida va tezkor olib borgan amaliyoti natijasida ikkita janggari yo‘q qilindi. Ulardan biri – Amirxanov, tiriklayin qo‘lga olindi. Kvartirada portlash moslamalari qismlari, “shahidlar kamarlari” va boshqalar aniqlandi,- dedi FSB rasmiysi Aleksey Privalov.

Орехово-Зуево
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:52 0:00


FSBga ko‘ra, Robert Amirxanov qo‘lga olinganidan keyin “jinoiy guruh rahbari” Yulay Davletbayevning yashiringan joyini operativ xodimlarga ma‘lum qilgan va u ham o‘tgan payshanba kuni qo‘lga olingan.

Aleksey Privalov Moskvada 9 may kuni qator portlashlarni uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlarga aloqadorlikda gumonlangan “bir guruh o‘zbekistonliklar” ham ushlanganini aytadi:

- FSBning muvaffaqiyatli maxsus amaliyoti natijasida banditlarning O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan boshqa sheriklari aniqlandi. Ular “Turkiston Islomiy partiyasi” terrorchilik tashkilotining faollari bo‘lgani va hibs etilgan jinoyatchilarning hatti-harakatini boshqarib turgani aniqlandi,- dedi qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar ismlarini oshkor etishni istamagan FSBning Aksilterror qo‘mitasi xodimi Aleksey Privalov.

Rossiya Jinoyat Kodeksining 4ta moddasi asosida banditizm, terrorchilik hurujini tayyorlaganlik, qurol-yaroqlarni noqonuniy savdosi va ishlab chiqarishda ayblanayotgan Amirxanov va Davletbayevlar Lefortovo tuman sudi qarori bilan 1,5 oyga hibsga olindi.

Biroq Aleksey Privalov qo‘lga olinganlar ustidan sud boshlanmasdan nima sababdan ular “jinoyatchi, bandit, terrorchi”ga chiqarilgani haqida lom-mim demadi.

Chechenistonlik siyosatshunos Ruslan Martagov Aksilterror qo‘mitasi tarqatgan ma‘lumotlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerakligini gapiradi. U Rossiya huquq-tartibot idoralari vaqti-vaqti bilan “terrorchilikka qarshi kurashda katta yutuqlarga erishayotganini” namoyish etish odati borligini eslatadi.

- Birinchidan, ular nimani rejalashtirganini bilmaymiz. Ma‘lumotlar faqat FSBchilar so‘zlariga tayanib tarqatilmoqda. Shimoliy Kavkazda olib borilayotgan amaliyotlar to‘g‘risida hosil bo‘lgan tasavvur FSBning bunday bayonotlariga shubha bilan qarashga majbur etmoqda. Aslini olganda, Rossiyada terrorchilikka qarshi kurash olib borilmayotir – Shimoliy Kavkazdan tortib mamlakatimizning boshqa hududlariga terrorchilik g‘oyalari tarqab borayotganiga guvoh bo‘layapmiz,- deydi Ozodlikka siyosatshunos.

Ruslan Martagov FSB va boshqa huquq muhofazasi idoralari so‘nggi yillarda olib borayotgan amaliyotlarning aksari “siyosiy buyurtma” asosida amalga oshirilayotganini ham qo‘shimcha qildi.


“Turkiston”mi “Turkmaniston”?


FSBning ko‘rsatmalariga tayanib Rossiya ommaviy axborot vositalarida “Moskvada portlash uyushtirishga uringan terrorchilar guruhi” ushlangani to‘g‘risida xabar takror va takror qaytarildi.

Ko‘plab telekanallar va mahalliy gazeta-jurnallarda “terrorchilar” hatto “TURKMANISTON Islomiy partiyasi” buyrug‘iga ko‘ra, harakat qilgani aytildi.

Yekaterinburgning “JustMedia” gazetasi shu yilning mart oyida “27 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi Rossiya Federatsiyasi hududida ta‘qiqlangan “Turkmaniston Islomiy partiyasi” g‘oyalari targ‘iboti uchun” ushlangani va “Qirg‘iziston Respublikasiga deportatsiya qilinishi”ni yozgan bo‘lsa, “5 kanal” jurnalistlari:

- Moskvada terror hujumini buyurganlar qo‘lga olinmadi: ular Pokiston shimoli-sharqida joylashgan Vaziristondadir. Aynan shu yerda “TURKMANISTON Islomiy partiyasi” terrorchilari shtabi joylashgan,- deya xabar qildi telekanal boshlovchisi.

Markaziy-osiyolik siyosiy qochqinlar jamiyati rahbari Bahrom Hamroyev Ozodlikka Rossiya Federal xavfsizlik xizmati olib borayotgan siyosat musulmonlar qarshiligini avj oldirmoqda, deydi.

- Rossiya xavfsizlik tashkilotlarida biror marotaba “biz xato qildik” yoki “ular jinoyatchi emas ekan” degan gap tarixida bo‘lmagan. Ammo ommani aldashga qaratilgan materiallarni tarqatishda FSB birinchi o‘rinda turadi! Musulmonlarni tutib, urib, cho‘ntagiga pistolet, uyiga granata tashlash – bu siyosat emas, bu jinoyat! Bu siyosatni olib borayotgan davlatning esa kelajagi yo‘q! dedi huquq faoli Bahrom Hamroyev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:52 0:00
Бевосита линк


Ayni paytda, ommaviy axborot vositalarida “Turkiston Islomiy partiyasi”ga aloqadorlikda gumonlanayotgan shaxslar borasida qo‘shimcha ma‘lumotlar ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi. Ma‘lum bo‘lishicha, Yulay Davletbayev Ufa San‘at akademiyasini valtorna mutaxassisligi bo‘yicha muvaffaqiyatli bitirgan, biroq keyinchalik tadbirkorlikka berilib ketgan: u Moskvada taksichilik qilib kun kechirib yurgan.

Uning sherigi deb aytilayotgan Robert Amirxanov esa 1986 yilda Chernobil atom elektrstantsiyasi portlashini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxs: qaramog‘ida xotini va norasida qizchasi bor.

Rossiya FSBsi hozirda birgina Boshqirdistondan 50 yaqin fuqaro xalqaro terrorchilik tashkilotlarida faoliyat yuratayotgani to‘g‘risida ma‘lumotga ega ekanini aytmoqda.

O‘tgan yil dekabrida FSB direktori Aleksandr Bortnikov birgina 2012 yil davomida u boshqarayotgan tashkilot “Rossiyada 92 terakt oldini olgani”ni ochiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yilda mamlakatda 600 ga yaqin terrorchi va ularning sheriklari ushlangan.

FSB, shuningdek, oxirgi yillarda Rossiyada terrorchilik hurujlari soni kamaygani kuzatilayotgani to‘g‘risida ham hisobot berdi: 2010 yilda terrorchi guruhlar tomonidan 779 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib bu ko‘rsatkich 365 ni ko‘rsatgani aytildi.

2013 yilning 1 mart kuni Moskva IIBsi va Rossiya FSBsi hamkorligida “Turkiston Islomiy partiyasi” tashkilotining “Moskvadagi guruhi rahbarlaridan biri” - Abduhofiz Xolmurodov qo‘lga olingani to‘g‘risida Ozodlik oldin ham xabar bergan edi.
XS
SM
MD
LG