Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:55

Rossiyada GM Uzbekistan avtomobillari avvalgidan kamroq sotilmoqda


Yevropa biznes assotsiatsiyasi Avtomobilsozlar qo‘mitasi tarqatgan ma‘lumotlarga ko‘ra, Rossiyada o‘zbek avtomashinalari savdosi may oyida 61 foizga qisqardi.

Qayd etilishicha, o‘tgan oy Rossiyada GM Uzbekistan ishlab chiqargan 3541 dona avtomobil sotilgan. Vaholanki, 2012 yilning may oyida bu ko‘rsatkich 9123 taga teng edi.

Joriy yilning besh oyi mobaynida esa Rossiyada jami 23680 ta o‘zbek avtomobili sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi savdo hajmiga nisbatan 26 foizga kam deganidir.

2012 yilning yanvar-may oylarida Rossiyada GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan 32190 dona avtomobil sotilgandi.
XS
SM
MD
LG