Линклар

Шошилинч хабар
26 март 2025, Тошкент вақти: 10:05

AQShda xot-dog yeyish bo'yicha yangi rekord o'rnatildi


Nyu-York shahrida har yili AQShning mustaqillik kuniga bag'ishlab o'tkaziladigan xot-dog yeyish bo'yicha musobaqada amaldagi chempion Joi Chesnat yangi rekord o'rnatdi.

4 iyul kuni o'tgan bellashuvda Chesnat 10 daqiqada 69 sosiska solingan bulochkalarni paqqos tushirib, o'tgan yili o'zi o'rnatgan 68 xot-doglik rekordni yangiladi.

Bu esa 8,6 soniyada bitta xot-dog deganidir.

Ikkinchi o'rinni egallagan Mett Stoni 51 xot-dog bilan kifoyalandi.

Bo'yi 180 santimetr, vazni 99 kilo bo'lgan 29 yashar Joi Chesnat so'nggi yetti yil davomida mazkur musobaqada g'olib chiqmoda.

U ko'p ovqat yeyish bo'yicha bellashuvlarda 2005 yildan - talabalik davridan beri ishtirok etib keladi.

Shifokorlarning xavotiriga qaramay yil sayin ko'proq xot-dog yeyayotgan Chesnat o'zini yaxshi his qilayotganini aytmoqda.

Xot-dog yeyish bo'yicha chempionat Nyu-Yorkda qariyb yuz yildan beri o'tkazib kelinadi. 2013 yilgi bellashuv g'olibiga 10 ming dollar pul mukofoti topshirildi.

XS
SM
MD
LG