Dunyodagi eng katta internet ijtimoiy tarmog'i bo'lmish Facebook xizmatidagi o'zbekistonlik foydalanuvchilar soni 240 mingga yetdi.
Bu esa o'tgan bir yil ichida Facebookdagi o'zbekistonliklar soni uch barobarga ko'payganini anglatadi.
O'tgan yilning avgust oyida tarmoqdagi o'zbek foydalanuvchilari soni 82 ming kishini tashkil etgan edi.
Facebook taqdim etgan statistik ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston auditoriyasida demografik o'zgarishlar kuzatilgani yo'q. 240 ming o'zbekistonlik "user"larning asosiy qismini (62%) erkaklar va 34 yoshgacha bo'lganlar (72%) tashkil etadi.
Qozog'iston Markaziy Osiyoda eng katta Facebook auditoriyasiga ega bo'lgan mamlakat bo'lib qolmoqda. Tarmoqdagi qozoq foydalanuvchilarining soni 720 mingga yetgan.
Facebook tarmog'i 2004 yili Garvard universiteti talabasi Mark Zukerberg va uning do'stlari tarafidan ishga tushirilgan edi.
2009 yilga kelib tarmoq 100 million foydalanuvchiga ega bo'lgan. 2010 yilning yozida esa ularning soni 500 millionga yetgan edi.
Ayni damda Facebook 1 milliard 150 millionlik auditoriyaga ega.
Shunga qaramasdan, O'zbekistondagi eng ommabop ijtimoiy tarmog' bo'lib Odnoklassniki xizmati qolmoqda. Ushbu tarmoqda kamida 2 million faol o'zbekistonlik foydalanuvchi borligi aytiladi.