Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:41

O‘zbekiston Janubiy Koreyaga ko‘proq ishchi jo‘natadi


O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Janubiy Koreyaga yuborilayotgan ishchilar sonini oshirmoqchi. Agentlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik rasmiylari muhojirlar soni aynan qanchaga oshirilishini ma‘lum qilmadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligining o‘z ismini aytmagan xodimga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaga ko‘proq o‘zbekistonlik mehnat muxojiri yuboriladigan bo‘lgan.

- Hozir Koreyaga ketuvchilar imtihondan o‘tkazilyapti. Muvaffaqiyatli o‘tganlar ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv doirasida, qonuniy yo‘l bilan ishlagani ketishadi, - dedi agentlik rasmiysi.

Ayni paytda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov “Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ham imzo chekkan.

Ayni qarorga muvofiq O‘zbekistondagi tegishli vazirlik va idoralar Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligiga Janubiy Koreyaga boradigan ishchilarni test sinovidan o‘tkazish hamda mehnat qobiliyatini baholashda ko‘maklashishi kerakligi qayd etilgan.

Qarorda aytilishicha, test sinovlarida qatnashish uchun o‘zbekistonliklar to‘laydigan pul Koreya mehnat resurslari xizmatining daromadidir va O‘zbekiston ichida soliqqa tortilmaydi.

Bundan tashqari, test sinovlari uchun O‘zbekistonga keltiriladigan materiallar uchun bojxona to‘lovlari olinmaydi.

Agentlik rasmiylariga ko‘ra, bunday choralar o‘zbek fuqarolarining Janubiy Koreyaga qonuniy yo‘l bilan ishga ketishini rag‘batlantirish va noqonuniy yo‘llar bilan chetga chiqib ketib, odamfurushlar domiga tushib qolishi oldini olish maqsadida qilinayapti.

O‘zbekistonlik ishchilar Janubiy Koreyaga “Erkin yollash tizimi” deb ataluvchi dastur doirasida jo‘natiladi.

Koreyaning “Erkin yollash tizimi” bo‘yicha ishga joylashish bir necha bosqichlardan iborat. Bunda nomzod asosiy bosqichlardan biri koreys tili va ixtisosligi bo‘yicha test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim.

Mutaxassislarni tanlab olish uchun Janubiy Koreyaning Mehnat vazirligi xodimlari O‘zbekistonga kelib vaqti-vaqti bilan test sinovlari o‘tkazib turadi.

Test sinovlari Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik tarafidan tashkillashtiriladi.

Agentlik veb-sahifasida joriy yilning 21-24 iyun kunlari o‘tgan sinovlar asosida Koreyaga ketmoqchi bo‘lgan 800dan ziyod yaqin o‘zbekistonlik ro‘yxati chop etilgan.

Rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, 2007 yildan buyon Janubiy Koreyaning "Erkin yollash tizimi" orqali 20 mingga yaqin o‘zbek fuqarosi Koreyada ishga joylashgan.

Janubiy Koreyaga o‘tgan yili“Erkin yollash tizimi” orqali ishlagani ketgan xorazmlik muhandis Ixtiyor shularning biridir.

- Kelganimga bir yildan oshdi. Hozir Pusandagi bo‘yoq zavodida ishlayapman. Boshida ozgina qiyin bo‘ldi. Hozir ko‘nikib ketdik. Qayerda, kimga ishlashingni bilib kelgan boshqacha baribir. Ish beruvchi bilan shartnomam bor. Ishimga yarasha oylik olaman. Naloglarini ham to‘laymiz. Zavod yotar-turar bilan ta‘minlagan. Har xil odamlarni gapiga uchib keladiganlar ham bor. Qiynalib, qayerga borishni bilmay, ko‘chada qolganlarni ham ko‘rganman, - deydi Ixtiyor.
XS
SM
MD
LG