Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:49

O‘zbekistondan qirg‘iz diplomati chaqirtirib olindi


O‘zbekistondagi Qirg‘iziston elchixonasining siyosiy masalalar bo‘yicha 1-kotibi Kanatbek Sharshenbek Bishkekka chaqirtirib olindi.

Ma‘lumotga ko‘ra, bunga O‘zbekiston va Qirg‘iziston saytlarida diplomat Toshkentdagi uyi bolaxonasida mast ahvolda o‘zbeklarga nisbatan nafrat ma‘nosidagi so‘zlarni aytgani va uning o‘g‘lini da‘volayotgan “Tez yordam” xodimlarini haqorat qilgani to‘g‘risidagi xabarlar asos bo‘lgan.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi voqea tafsilotlarini va bu xabarning naqadar haqqoniy ekanini o‘rganish maqsadida diplomatni Bishkekka chaqirtirib olgan. Bu borada rasmiy Bishkek boshqa ma‘lumotlarni oshkor etgani yo‘q.

Ayrim xabarlarga qaraganda, diplomat Kanatbek Sharshenbek millatlararo nafrat ruhida aytgan so‘zlari uchun o‘zbek shifokorlaridan kechirim so‘ragan.
XS
SM
MD
LG