Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:19

Tojik ziyolilarini “najas”ga tenglashtirgan jurnalist sudga berildi


Jurnalist Olga Tutubalina
Jurnalist Olga Tutubalina
Tojikistondagi beshta ijodiy uyushma “Aziya plyus” axborot agentligi va uning bosh muharriri o‘rinbosari Olga Tutubalinani sudga tortdi. Olga Tutubalina o‘z maqolalaridan birida tojikistonlik ziyolilarni najasga o‘xshatgani uchun endi sudda javob berishiga to‘g‘ri keladi.

“Aziyaplyus” axborot agentligi va uning jurnalisti Olga Tutubalinani Tojikistondagi beshta ijodiy uyushma – Tojikiston yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, arxitektorlar uyushmalari hamda Fanlar akademiyasi sudga berdi.

Da‘vogarlarning iddaosiga ko‘ra, Olga Tutubalina “Aziyaplyus” gazetasida chop etilgan “Ziyolilar haqida johillarcha” (“Neintelligentno ob intelligentsii”) sarlavhali maqolasida Tojikistondagi ziyolilarni najasga tenglashtirgani “aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan injenerlar, texniklar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fan va san‘at xodimlari, davlat xizmatchilarining kasbiy obro‘siga putur yetkazadi”.

Da‘vogarlar arizasida aytilishicha, Tutubalina muhojiratdagi tojik shoiri Bozor Sobirning Tojikistonga qaytishi munosabati bilan maqola yozgan. Jurnalist o‘z maqolasida Vladimir Leninning ziyolilar haqida aytgan “Ziyolilar millat miyasi emas, balki uning najasi” so‘zlarini iqtibos qilib keltirar ekan, “nafaqat Bozor Sobir, balki bugun hukumatga laganbardorlik qilayotgan aksariyat tojik ziyolilariga ham Leninning ushbu so‘zlarini qo‘llagan bo‘lardim, deb yozgan.

Tojikistonlik shoir Mehmon Baxtining “Aziyaplyus” axborot agentligiga aytishicha, agar Gruziya, Armaniston yoki Qozog‘istonda jurnalist ziyolilar haqida shunday degan bo‘lganda, uning “terisini shilib olishardi”:

- Agar uning bu aytganlari faqat Bozor Sobir haqida bo‘lganida edi, bu ziyolilar qatlamini g‘azabga keltirmasdi. Vaholanki u Leninning iborasini tojik ziyolilariga qaratdi va bu millat yuziga tortilgan shapaloq bo‘ldi. Zero ziyolilar millatning yuzi hisoblanadi, dedi shoir Mehmon Baxti.

Ammo jurnalist Olga Tutubalina tojik ziyolilariga nisbatan fikrini o‘zgartirmaganini aytar ekan, har qanday sudda o‘z pozitsiyasini himoya qila olishini bildirgan.
XS
SM
MD
LG