Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:37

Dunyo internet traffigining 17 foizi mobil uskunalarga tegishli


So'nggi yillarda mobil apparatlarning ommalashib borishi dunyo bo'ylab mobil internetdan foydalanishning o'sishiga olib kemoqda.

Statista tadqiqotlar shirkati tarqatgan ma'lumotga ko'ra, ayni damda dunyo internet traffigining 17,4 foizi mobil apparatlar orqali o'tadi. O'tgan yili bu ko'rsatkich 11,1 foizni tashkil etgan edi.

Mobil internet eng tez kengayib borayotgan mintaqalar bu Afrika va Osiyodir, deyiladi shirkat ma'lumotida. Afrikada internet traffikning 23,7 foizi mobil bo'lsa, Osiyo bu ko'rsatkich joriy yilda 26,6 foizga yetgan.

30 million aholisi bor O'zbekistonda internet foydalanuvchilarning umumiy soni 10 milliondan oshgani aytiladi. Bu ko'rsatkichning necha foizi mobil internetga tegishligigi haqida aniq ma'lumot yo'q.
XS
SM
MD
LG