Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:30

Senator Jon Makkeyn Suriyadagi vaziyat muhokamasi paytida o'yin o'ynab o'tirdi


AQSh senatori Jon Makkeyn
AQSh senatori Jon Makkeyn
AQSh senatori Jon Makkeyn kimyoviy qurol qo'llagani iddao qilinayotgan Suriya hukumatiga nisbatan harbiy kuch qo'llash to'g'risidagi rezolyutsiya muhokama etilayotgan vaqtda smartfonida qarta o'ynab o'tirdi.

Senator Jon Makkeynning Senatdagi tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitada o'tgan muxim muhokama paytida poker o'yinini o'ynab o'tirgani aks etgan surat Washington Post gazetasida veb-saytida chop etildi.

Mashable saytiga ko'ra, Arizona shtatidan saylangan senator Jon Makkeyn o'ynab o'tirgan poker o'yini VIP Poker deb ataladi.

O'yin ustida qo'lga tushgan senator Washington Post tarqatgan xabarni o'zining Twitter sahifasi orqali hazil bilan yengishga urinib ko'rdi.

- Sharmandalik! 3 soatdan oshiq davom etgan Senat muhokamasida iPhone o'yini ustida ushlandim! Eng yomoni esa - o'yinda yutqazib qo'ydim!, - deb yozdi senator Jon Makkeyn.

Biroq Makkeyn yozgan tvitga javob qaytarganlarning aksari senatorning muxim muhokama vaqtida o'ynab o'tirishiga qarshi ekanini bildirishmoqda.

- Shunday qilib siz AQSh soliq to'lovchilari puliga o'yin o'ynab o'tirganingizni tan oldingizmi? Muhokama paytidaya? Va sizningcha bu kulgulimi?, - deb yozadi Jon Volfshtal ismli Twitter foydalanuvchisi.

Eslatamiz, seshanba kuni o'tgan muhokamada Senat AQSh harbiylariga Suriyada yer ustida jangovar amaliyotlarini olib borishga ruxsat bermadi va har qanday harakat uchun 90 kunlik muddat belgiladi.

Senator Jon Makkeyn kimyoviy qurol qo'llagani iddao qilinayotgan Suriya hukumatiga nisbatan harbiy kuch qo'llash tarafdoridir.

Makkeyn 2008 yilgi saylovlarda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nom'zod etib ko'rsatilgan.
XS
SM
MD
LG