Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:48

Xitoy va Hong-Kongda iPhone- 5S telefonlarining bozori chaqqon chiqdi


Yangi iPhone- 5S telefonlarining Hong-Kong va Xitoyda bozori chaqqon bo‘lishi kutilayapti.

Mazkur mamlakatlardagi Apple do‘konlarida 20 sentyabrdan sotuvga chiqariladigan barcha iPhone 5S va iPhone 5C telefonlariga oldindan buyurtma olinib bo‘lingan.

Mazkur mamlakatlarda Apple shirkatining yangi iPhone 5S va 5C deb nomlanuvchi yangi telefonlariga Internetda buyurtma olish chorshanba kunidan boshlandi.

Amerikaning Apple shirkati 10 sentyabr kuni San Fransiskoda o‘tgan taqdimot marosimida iPhone smartfonlarining ikkita yangi versiyasini - iPhone 5S va iPhone 5C apparatlarini taqdim etdi.

iPhone 5C telefoni korpusi Apple'ning boshqa smartfonlaridan farqli o‘laroq asosan plastikdan ishlangan bo‘lib, narxi arzonroq. Smartfonning g‘iloflari esa besh xil rangda sotuvga chiqarilayapti.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, arzon iPhone smartfonlari orqali Apple shirkati rivojlanayotgan davlatlar bozorlaridagi, xususan Xitoy bozoridagi arzon smartfonlar bilan raqobatga kirishmoqda.

iPhone'ning shisha va alyuminiydan yasalgan versiyasi esa iPhone 5S deb nomlandi. Xitoy va Hong-Kong bozorida aynan iPhone 5S ga talab katta ekani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG