Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:53

Oltin iPhone 5S va iPhone 5C Arab Amirliklarida $ 15000dan sotiladi


Britaniyaning Amodoria brendi Amerikaning Apple shirkati 10 sentabr kuni e'lon qilgan iPhone 5S va iPhone 5C qo‘l telefonlarining qizil, sariq, oq va qora oltindan ishlangan versiyalari Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) sotuvga chiqishini e‘lon qildi.

AMOiPhone 5S deb nomlangan telefon Fors ko‘rfazi mintaqasida yashovchilar uchun maxsus ishlangan.

Qimmatbaxo buyum ishqibozlari 18-24 katarli sariq yoki qizil oltindan tayyorlangan telefonning brilliant, yoqut, zumrad kabi qimmatbaxo toshlar bilan bezatilgan variantini ham sotib olishlari mumkin.

The National nashriga ko‘ra, har bir qimmatbaxo telefonni tayyorlashda 35 grammdan oltin sarflangan.

Narxi atigi 15 ming AQSh dollari bo‘lgan yaltir-yultir telefon 1 oktyabrdan BAAda sotuvga chiqadi.
XS
SM
MD
LG