Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:52

AQShda yangi 100 dollarlik pul muomalaga kiritildi


Qo‘shma Shtatlar 8 oktyabrda yangi 100 dollarlik kupyurani muomalaga kiritdi.

Yangi pul yashil uch o‘lchovli golografik tasma va yangi suv belgilari bilan qo‘shimcha tarzda himoyalangan. 100 dollarlik istalgan tomonga qiyalatilsa, ayrim tasvirlarning o‘zgarishini kuzatish mumkin. Jumladan, himoya tasmalaridan biri ultrafiolet nuri bilan yoritilganida pushti rangda ko‘rinadi.

Yangi yuz dollarlik pul AQSh hukumati tomonidan pullarni soxtalashtirishga qarshi kurash maqsadida milliy valyuta ko‘rinishini o‘zgartirish dasturi asosida muomalaga kiritildi. Yuz dollarlik jahonda eng ko‘p qalbakilashtiriladigan pul hisoblanadi.

Mazkur yuz dollarlikni amalga kiritish 2011 yilda rejalashtirilgan edi. Biroq texnik sabablar tufayli bu ish ortga surilgan.

XS
SM
MD
LG