Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:39

Savyolovskoye bozorida "tozalash" amaliyoti o‘tkazildi


Moskvaning G‘arbiy Biryulyovo mavzesida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar shahar ma‘muriyatini nafaqat millatchilar tomonidan vayron qilingan Pokrovskiy meva-sabzavot ombori, balki shahar ichkarisidagi barcha boshqa omborlarni yopib, ularni shahar tashqarisiga chiqarishga va‘da berishga undadi. Mazkur tuman ma‘muriyati rahbarlaridan bir nechtasi o‘z lavozimidan ozod etildi.

13 oktyabr kuni G‘arbiy Biryulyovodagi tartibsizliklar va mahalliy aholining norozilik chiqishlari shahar ma‘muriyatiga barcha bozoru omborlarda, xizmat ko‘rsatish va savdo shahobchalarida qaytadan “tozalash amaliyotlari”ni boshlab yuborishga imkon yaratdi.

Bunday tekshiruvlardan biri 16 oktyabr kuni Moskvaning shimolida joylashgan Savyolovskoye bozorida ham amalga oshirildi.

Ozodlik muxbiri guvoh bo‘lgan zachistkalar chog‘ida slavyancha qiyofaga ega bo‘lmagan barcha ayol va erkaklar mahalliy politsiya va FMS xodimlari tomonidan ushlandi hamda bozorda joylashgan kafelardan birida tekshiruvdan o‘tkazildi.

“Zachistka”da ishtirok etayotgan va o‘zini Andrey Petreyko deb tanishtirgan Savyolovskoye politsiya bo‘limi jinoyat-qidiruv bo‘limi zobiti Ozodlik bilan suhbatda bu tekshiruv haqiqatan G‘arbiy Biryulyovodagi voqealar ortidan yuqoridan kelgan buyruq asosida olib borilayotganini tasdiqladi.

Москванинг Савëловская бозорида тозалаш амалиëти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:49 0:00


Hujjatlari tekshirilganidan keyin Savyolovskoyeda ushlangan muhojirlar politsiya nazorati ostida mahalliy huquq-tartibot idorasiga olib ketildi.

Hujjatlari joyida bo‘lgani bois olib ketilmaganini gapirgan muhojir o‘zbeklardan biri taxminicha, politsiyaga keltirilganlarning asosiy qismi 3 mingdan 5 ming rublgacha pul evaziga yana chiqarib yuboriladi.

- Ular oshxonamizda ovqatlanib o‘tirgan odamlarni olib ketdi. Nima haqqi bor birovning soliq to‘layotgan, qonunan ishlayotgan oshxonasiga kirib kelishga bularning? Nega tojik, qirg‘izlar qo‘lga tushsa, darrov elchixonasidan vakil yugurib keladi, O‘zbekistondan esa hech kim qiziqmaydi. Rossiya hukumatini ham tushunmay qoldim: kiritsin oxiri viza rejimini, undan keyin qonun asosida kirib kelganlarga tegmasin, ishlashga imkon bersin! Hozir esa politsiyachisi va migratsiyachisi, sen o‘zbek bo‘lsang, odam qatorida ko‘rmaydi. Biz nima qilaylik axir: O‘zbekistonga borsak – u yerda qo‘ymasa ishlashga, bu yerga kelsak – bu yerda hayvonchalik haqqing bo‘lmasa, - deya kuyinadi ismini aytishni istamagan Savyolovskoye bozori ishchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda.

Suhbatdoshga ko‘ra, “tozalash”lar boshlanganidan buyon hujjatlari joyida bo‘lgan-bo‘lmagan muhojirlar bir xil pora evaziga politsiyadan qutulishga majburlanmoqda.

Ayni paytda Moskva shahar tergov qo‘mitasi G‘arbiy Biryulyovodagi ommaviy tartibsizliklar sabablarini o‘rganishga kirishdi.

Tergovchilar fikricha, “G‘arbiy Biryulyovo” ma‘muriyati sovuqqonligi va meva-sabzavot rahbariyati beparvoligi tufayli bu hududda “etnik jinoyatchi jamoalar” paydo bo‘lgan. Ombor egasi - dog‘istonlik Aliasxab Gadjiyev va boshqaruv shirkati raisi Magomed Churilovlar noqonuniy migratsiyani tashkil etgani va Rossiya hududida noqonuniy yashab yurgan shaxslarni ish bilan ta‘minlagani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi, Gadjiyev xalqaro qidiruvga berildi.

Hozircha janob Gadjiyev va uning yordamchilari 3 ming kishi ishlaydigan ulgurji savdo bozorida ikki nafar o‘zbekistonlik va bir moldovalikni ish bilan ta‘minlaganlikda ayblanmoqda.
XS
SM
MD
LG