Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:31

Samarqandda benzin uchun 5 kilometrlik navbat


Самарқандда бензин учун навбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00
Ozodlik radiosiga muxlisimiz tomonidan yuborilgan videoxabarda respublika bo‘ylab davom etayotgan benzin taqchilligining Samarqanddagi ko‘rinishi aks etgan.

"Mana bu Samarqandda bo‘layotgan ahvol akalar. Qarangda. Yaxshilab qaranglar necha mingta mashina turibdi hozir bu yerda.

Bu hali hech narsa emas¸ biz bir marta benzin olib yana qaytib kelayapmiz. Besh kilometrgacha ocheredda turibdi odamlar. Samarqand bo‘yicha umuman benzin yo‘q.

Ahvolni qaranglar. Benzozapravkagacha mana hozir kamerada olaman. Sizlar tomosha qilib ketinglar.

Mostning ustini qaranglar. Mostning ustida ham mashinalar turibdi¸ bechoralar. Xalq benzinsiz azob chekayapti.

Svet yo‘q¸ suv yo‘q¸ gaz yo‘q¸ benzin yo‘q¸ mashinalar o‘ta olmaydigan darajada turibdi qaranglar.

Men bazo‘r o‘tayapman mashinalar o‘rtasidan. Tegib-tegmay o‘tayapman. Bechora odamlar sarson.

Hayot deb qo‘yibdi buni. Mi ne jivyom, a vijivaem. (Bu hayot emas - hayot uchun kurash - tahr.).

Odamlar bir-birovining go‘shtini yeb yotibdi. Ba‘zilar zapravkaning oldidan ocheredsiz kirib ketayapti¸ razborkalar bo‘layapti. Jivoy ocheredda.

Ertalab sahar soat 5da kelganmiz. Mana hozir soat 14.52 bo‘ldi¸ endi benzin oldik.

Odamlarni qaranglar¸ ko‘chalarga chiqib ketgan¸ ikki qator bo‘lib turishibdi. Mana shu benzinga shuncha ocheredda turibdi odamlar. Benzinga.

Yo‘llar probka bo‘lib ketayapti. Urush-janjal bilan benzin oldik biz. Endi esa to‘xtab turibmiz¸ ochered.

Svetoforlarni ham pisand qilish yo‘q¸ ko‘rayapsizlarmi. Odamlarni qaranglar¸ urush¸ janjal¸ bir-birovni qo‘ymay¸ ko‘rayapsizlarmi¸ oraga qo‘ymayman deydi.

Mana¸ urush qilishni qaranglar. Mashinani ko‘tarib chiqarib tashlayapti."
XS
SM
MD
LG