Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:45

WhatsApp "bo'g'ilmoqda": Boshqa shu kabi dasturlar bormi?


So'nggi kunlarda O'zbekiston ichida Whatsapp dasturi tarmog'ida nosozliklar yuzaga kelgani kuzatilmoqda.
Foydalanuvchilarga ko'ra, WhatsApp'ga rasm va video yuklash imkoni yo‘qolgan. Hozirda bu tarmoqda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylangan:

- WhatsAppda rasm ham, video ham tortib bo‘lmayapti. Barcha guruppalarda faqat shu haqda gap-so‘z bo‘layapti. Lekin hech kim sababini bilmayapti. Ikki kundan beri ahvol shu. Bilayn ham, Yusell ham bir xilda. Ikkalasida ham ahvol shu, - deb yozdi manbamiz.

Shu munosabat bilan "Yosh to'lqin" loyihasi WhatsApp dasturiga muqobil bo'lgan uchta bepul xizmatni o'rganib chiqib, har birining qulay va noqulayliklarnini aniqlashga harakat qildi.


Viber - 200 milliongacha foydalanuvchisi bor ekani aytiladigan ushbu dastur ishlashi bo'yicha WhatsApp'ga juda o'xshab ketadi. Android, iOS, Windows Phone, BlackBerry, Windows 8, Mac OS X platformalarida ishlaydi. Telefon raqamiga ulanadi.

2010 yilda ishga tushirilgan ushbu xizmat ayni damda 28ta tilga o'girilgan.

Asosiy funksiyalari: Mantli chat, guruh o'rtasidagi chat, ovozli va video qo'ng'iroqlar va fayllar almashinuvi.

Ayrim foydalanuvchilar, ayniqsa smartfonining protsessori quvvati katta bo'lmaganlar, Viber'ning qotib ishlashidan shikoyat qiladi. Interfeysi ozgina noqulay bo'lsa-da, smayliklarga juda ham boy. Kontaktlardagi yangi odam Viber tarmog'iga qo'shilsa, foydalanuvchiga xabar keladi.


Skype - Eski va qadrdon Skype. 300 millionga yaqin foydalanuvchisi borligi aytiladi. Android, iOS, Windows Phone, BlackBerry, Windows 8, Mac OS X platformalarida ishlay oladi. Asosiy funksiyalari: Matnli chat, guruh o'rtasidagi chat, ovozli va video qo'ng'iroqlar (guruh o'rtasidagi video qo'ng'iroq pulli), fayllar va ekran ko'rinishining almashinuvi.

Kompyuter orqali foydalanish qulay bo'lgan Skype'ning mobil telefonlar uchun versiyasida qator noqulayliklari bor. Mobil apparatlar uchun og'ir dastur. Telefon raqamiga ulanmaydi. Fayllar almashinuvida yuqori tezlikdagi internet talab etadi.

Skype asosan kompyuterlarda ovozli va video qo'ng'iroqlar uchun mo'ljallangan (telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilish pulli).


Telegram - dizayni juda qulay, ishlashi bo'yicha WhatsApp' dasturiga juda yaqin. 2013 yilning avgust oyida ishga tushgan ushbu xizmatning foydalanuvchilari soni bo'yicha aniq ma'lumot yo'q. Android va iOS platrformalarida ishlay oladi.

WhatsApp dasturidagi qiyinchiliklar tufayli ko'plab o'zbekistonlik foydalanuvchilar Telegram dasturiga o'tishmoqda.

Buning sabablari esa Telegram dasturidagi qator qulayliklardadir. Dastur orqali matnli chatlar tezda yetkaziladi, video va rasmlarning yuklanishi ham uzoq vaqt va yuqori tezlikdagi internetni talab qilmaydi.

Telegram orqali 1 gigabaytgacha bo'lgan videolarni yuborish mumkin. Guruhlar esa 100tagacha ishtirokchini sig'dira oladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchining chatlari Telegram'ning "bulutli" (cloud) serverlarida saqlanib qoladi va ularga boshqa apparatlar orqali kirish mumkin.

Kontaktlaringizdan yangi odam Telegram'ga qo'shilsa, sizga bu haqda xabar keladi.

O'zbekistonliklarning ommaviy tarzda Telegram dasturiga o'tayotgani mazkur xizmatning rasmiy Twitter sahifasi orqali ham tasdiqlandi:


O'zbekistondagi qator ommaviy axborot vositalari WhatsApp dasturidagi muammolar undagi so'nggi yangilanish bilan bo'g'liq ekani haqida xabar berishmoqda.

Biroq mutahassislar bunga O'zbekiston milliy operatori O'ztelekom tarafidan qo'yilgan cheklovlar sabab bo'lishi mumkinligiga ishora etishmoqda.

Ayni damda WhatsApp ishidagi nosozliklar faqat O'zbekiston ichida kuzatilayotgani, boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar dasturda muammolar sezmayotgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston ichidagi foydalanunchilar maxsus VPN kanallari (xavfsiz aloqa tarmog'i) orqali WhatsApp dasturidan muammosiz foydalanayotganini aytishmoqda.
XS
SM
MD
LG