Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:12

Sochi-2014: Kseniya Grigoryeva slalom bellashuvida qatnashadi


Bugun, 21 fevral kuni Sochi Olimpiadasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik chang‘ichi Kseniya Grigoryeva ayollar o‘rtasidagi slalom bellashuvida qatnashadi.

Musobaqaning birinchi bosqichi Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kseniya Grigoryeva 18 fevral kuni o‘tgan gigant slalom musobaqasida yuz sportchi orasida 64-o‘rinni egallagan edi.

Sochi Olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi bayroqdori bo‘lgan Grigoryeva uchun bu ikkinchi Olimpiadadir.

26 yoshli xalqaro toifadagi sport ustasi Kseniya Grigoryeva 2010 yilda Kanadaning Vankuver shahrida o‘tgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida ham ishtirok etgan.
Sochida O‘zbekistondan uch nafar sportchi qatnashmoqda.

20 fevral yakunlariga ko‘ra, oltin medallar soni bo‘yicha Norvegiya jamoasi peshqadamlikni saqlab qoldi. Novergiyalik sportchilar hisobda 10 ta oldin medal bor.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni 8 tadan oltin bilan AQSh va Germaniya jamoalari egallab turibdi. Rossiya hisobida hozircha 7ta oldin medal bor.
XS
SM
MD
LG