Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2025, Тошкент вақти: 00:04

Ukraina parlamenti mamlakatga muvaqqat prezident tayinladi


Ukraina prezidenti vakolatlarini vaqtincha qabul qilib olgan parlament raisi Aleksandr Turchinov.
Ukraina prezidenti vakolatlarini vaqtincha qabul qilib olgan parlament raisi Aleksandr Turchinov.

Ukraina parlamentining 23 fevral kungi sessiyasida deputatlar mamlakat prezidenti vakolatlarini parlament raisi Aleksandr Turchinovga vaqtincha topshirishni yoqlab ovoz berdi. Deputatlar Yanukovichning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Tashqi ishlar vaziri Leonid Kojarani ham lavozimidan bo‘shatishni qo‘llab ovoz berdi. Qamoqdan ozod bo‘lgan muxolifat yetakchilaridan biri Yuliya Timoshenko Bosh vazir lavozimini egallashga harakat qilmayotgani bildirdi.

Ukraina prezidenti vakolatlarini vaqtincha bajarishga kirishgan parlament raisi Aleksandr Turchinov deputatlarga seshanba kuniga qadar milliy birlik hukumati tuzish kerakligini aytdi.

Turchinov Ukraina iqtisodiyoti “fojiaviy ahvolda” ekani va davlat xazinasi bo‘m-bo‘sh ekanini bildirdi.

Aleksandr Turchinov Viktor Yanukovichning asosiy siyosiy raqibi bo‘lgan Sobiq Bosh vazir Yuliya Timoshenkoning yaqin ittifoqchisi.

Parlamentning yakshanba kungi sessiyasida deputatlar Kiyev yaqinidagi Yanukovichga tegishli bo‘lgan hashamatli uyni davlat ihtiyoriga o‘tkazishni qo‘llab ovoz berdi.

Shanba kuni Kiyevni tark etgan Viktor Yanukovichning hozir qayerda ekani ma‘lum emas.

Parlament tomonidan vaqtincha Ichki ishlar vaziri etib saylangan Arsen Avakov chegara xizmati xodimlari Viktor Yanukovichning Donetsk aeroportidan samolyotda charter reys bilan xorijga uchib ketishiga ruxsat bermaganini tasdiqladi.

23 fevralь kungi sessiyada deputatlar Ukrainaning Soliq va daromadlar bo‘yicha vaziri Aleksandr Klimenko va sobiq Bosh prokuror Viktor Pshonkani hibsga olish to‘g‘risida buyruq berdi.

Avakov namoyishchilarga nisbatan shavqatsiz kuch qo‘llashga aloqador ekani iddao qilingan Ichki ishlar vazirligining 30 nafar rasmiysiga qarshi jinoiy ish ochilganini bildirdi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Kiyevda namoyishchilar bilan militsiya xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 82 kishi nobud bo‘lgani va 645 odam jarohat olganini bildirdi.

Kiyevning Mustaqillik maydoniga yig‘ilgan minglab namoyishchi oldida shanba kuni so‘zlagan Yuliya Timoshenko sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar uchun Yanukovich javob berishi kerak, dedi.

- Qamoqda o‘tirgan paytimda dunyoga kelib, sizlar bilan birga yashashni eng katta baxt, deb bildim. Chunki Sizlar eng ajoyib insonlarsiz. Lekin hozir bir necha muhim ishni amalga oshirishimiz lozim. Avvalo, biz Yanukovich va uning hamtovoqlarini mana shu maydonga olib kelishimiz kerak, - deya bayon qildi Timoshenko.

Sobiq Bosh vazir odamlarni norozilik aktsiyalarini davom ettirishga chaqirdi.

Ukraina muxolifati liderlaridan biri Vitaliy Klichko yakshanba kuni Kiyevda o‘tkazilgan matbuot anjumanida odamlarning ko‘chalarda bo‘lishi muhim ekanini ta‘kidladi.

- Menimcha, odamlar ko‘chalarni tark etmasligi va butun Ukrainada kechayotgan voqealarni nazorat qilib turishi kerak. Har bir siyosatchi va har bir yangi hukumat agar iflos o‘yin boshlansa, yana qaytarilishi mumkinligini bilishi va yodda tutishi lozim. Asosiy kuch – xalq irodasi - juda muhim. Ukraina butun dunyoga biz o‘zgarish qila olishimizni ko‘rsatdi, dedi Vitaliy Klichko.

Xarьkov shahridagi telekanalga shanba kuni intervьyu bergan Viktor Yanukovich mamlakat parlamenti qabul qilgan hamma qaror noqonuniy ekanini ta‘kidlab, prezidentlik lavozimidan iste‘foga chiqish niyati yo‘qligini aytdi.

Viktor Yanukovich yetakchiligidagi Mintaqalar partiyasi yakshanba kuni e‘lon qilgan bayonotda, so‘nggi kunlarda Ukrainada ro‘y bergan barcha qon to‘kilishlar uchun “Yanukovich va uning atrofidagi rasmiylar mas‘sul ekani” bildirilgan.
XS
SM
MD
LG