Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:31

Yulduz Usmonova to‘yda kaltaklandi


4 aprel kuni Toshkentning Osiyo Grand restoranida ro‘y bergan bu voqea tafsilotlarini Ozodlikka hodisa guvohlari gapirib berdi. Ma‘lum bo‘lishicha, to‘yga kelgan mehmonlardan biri 30-35 yoshli yigit O‘zbekiston xalq artistiga tarsaki tushirgan.

Toshkentning Shayhontoxur tumanida joylashgan Osiyo Grand to‘xonasida 4 aprel , juma kuni bo‘lib o‘tgan to‘y bazmi ishtirokchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, voqea kech soat 8.30-9.00 atrofida ro‘y bergan.

"Yulduz Usmonova ashula aytayotgan edi. Kuyovning akasining o‘rtoqlaridan biri, deb aytishdi, xullas, 30-35 yoshlardagi bir yigit o‘yin-kulgi qilib, Yulduzga pul qistirmoqchi bo‘lgan, Yulduz pulni olmasdan qo‘li bilan itarib yuborgan. Keyin barabanchisi u mast yigitni turtib yuborgan. Shundan keyin haligi yigit, buni o‘ziga hurmatsizlik, deb qabul qilgan bo‘lsa kerak, Yulduz Usmonovaga tarsaki tushirgan", deydi voqea guvohlaridan biri.
Ю.Усмонова: Семизликни кўтарганга берса яхши экан
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:36 0:00
Бевосита линк


Ozodlikning WhatsApp mushtariylaridan biri yuborgan bu videoda hodisadan oldingi holat tasvirlangan.

O‘zbekiston xalq artistining kaltaklanishiga guvoh bo‘lgan yana bir toshkentlikning WhatsApp orqali Ozodlikka bildirishicha, yuqorida keltirilgan videodagi holatdan avvalroq, haligi mast yigit pul qistirayotib, Yulduz Usmonovaning qulog‘iga bir narsa degan, keyin qo‘shiqchi videoda aks etgan gaplarni aytgan.

"Shundan keyin haligi odam shapaloq tushirdi, Yulduz opa turgan joylarida yerga yiqildi. Keyin to‘ydagilar sostavdagi (musiqa guruhi vakillari-tahr.) yigitlarni ham urishdi. Ayniqsa, Sherzod Hakimov bilan sochi uzun Fuad degan bolani rosa urishdi", deb yozdi Ozodlikning WhatsApp mushtariysi.

Uning aytishicha, qo‘shiqchiga tarsaki tushirgan yigit to‘yda mehmon bo‘lgan O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tirgan stolga borib o‘trigan. Shundan xulosa qilib, uning ayni idoraga daxldor ekanini taxmin qilmoqda suhbatdoshimiz.

Lekin voqeaning boshqa guvohi bu taxminni inkor qildi.

"Yo‘q, u MXXchi bo‘lmagan. Yosh yigit edi, 30-35lar atrofida. Haqiqatan tarsaki tushirganidan keyin, hamma tashqariga chiqdi. Yulduz Usmonovo darrov mashinaga o‘tirib ketib yubordi. Guruh vakillarini o‘rtaga olib urishdi, ayniqsa Sherzod degan prodyusser bilan o‘ris bo‘lsa kerak, sochi sariq bolani rosa kaltaklashdi. Lekin to‘y to‘xtagani yo‘q, keyin yana ikki-ikki yarim soat davom etdi", deydi voqeka guvohi.

Ozodlikka ma‘lum bo‘lishicha, O‘zbekiston xalq artisiti militsiyaga murojaat qilib, shikoyat arizasi yozgan.

"To‘y bemalol davom etdi. Yulduz Usmonova to‘qqizlarda ketib yuborgandan keyin bir soatcha o‘tib, mahallaning melisalari chiqib, surishtirishdi. Keyin bilishimizcha, ertasiga shahar militsiyasidan surishtirishni boshlashgan, kuyovni do‘stlari bilan kuyovoshi qilib o‘tirgan joylaridan 15-20 kishi qilib, olib ketishgan. To‘yning videosini olishib, haligi tarsaki tushirgan bolani aniqlashibdi. Eshitishimcha, o‘sha kuni uni olib ketishgan", deydi voqea guvohi.

WhatsApp orqali Ozodlikka xabar yo‘llagan mushtariymizning Yulduz Usmonova ma‘murlaridan biriga tayanib, yozishicha, qo‘shiqchini kaltaklagan yigit javobgarlikka tortilmagan.

Mazkur holatga aniqlik kiritish uchun Ozodlik Yulduz Usmonovaning to‘yda kaltaklangan prodyusseri Sherzod Hakimov bilan bog‘lanishga harakat qildi, lekin telefonga hech kim javob bermadi.

O‘zbekistonda to‘ylarda san‘atkorlarning hujumga uchrashi yoki boshqa ko‘rinishda kamsitilib, tahqirlanishi tez-tez uchrab turadigan holatdir.

Yulduz Usmonova so‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekistondan chiqib ketib, Turkiyada ijod qilayotgan edi. Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, uning O‘zbekistonda faoliyat qilish uchun litsenziyasi ham bekor qilingan bo‘lgan.

O‘tgan yili O‘zbekistonga qaytib, prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tadbirlarida qatnashishi ortidan Madaniyat vazirligi uning litsenziyasini tiklagani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG