Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 23:10

Rossiya fuqarosini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik hibsga olindi


O‘zbekiston Moskva viloyatida “Spartak” futbol jamoasi ishqibozini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlikni Rossiyaga topshirdi. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, gumonlanuvchi Jahongir Ahmedov 15 may kuni O‘zbekistonda hibsga olingan va 16 may kuni Moskvaning Domodedovo aeroportida Rossiya militsiyasiga topshirilgan.

Ahmedov 22 yoshli Rossiya fuqarosi Leonid Safyannikovning o‘limida gumonlanmoqda.

“Spartak” futbol jamoasi ishqibozi ekani aytilayotgan Safyannikov 13 may kuni Ahmedov bilan mushtlashuv natijasida halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Ushbu voqeadan so‘ng Ahmedov O‘zbekistonga uchib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

15 may kuni Moskva yaqinidagi Pushkino shaharchasida qotillikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlikni javobgarlikka tortish talabi bilan namoyish o‘tkazildi. Yuzlagan namoyishchilar muhojirlarga qarshi chaqiriqlar bilan do‘kon va avtobuslarga hujum qilib, u yerdagi muhojirlarni katlaklagan.

Politsiya 50 dan ortiq namoyishchini vaqtincha hibsga olgani aytilmoqda.

Rossiyada markaziy-osiyolik muhojirlarga nisbatan milliy adovat asosida sodir etiladigan zo‘ravonliklarga ko‘pincha futbol ishqibozlari aloqador bo‘ladi.

2010 yili “Spartak” futbol jamoasi ishqibozi Yegor Sviridovning kavkazlik tarafidan o‘ldirilishi ortidan millatchi guruhlar rus millatiga mansub bo‘lmaganlarga qarshi qator hujumlar uyushtirishgan edi.
XS
SM
MD
LG