Линклар

 
Karimovning hokimiyatga kelganiga 25 yil to‘ldi
Шошилинч хабар
02 май 2025, Тошкент вақти: 00:26

Karimovning hokimiyatga kelganiga 25 yil to‘ldi


1989 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Prezident qilib tayinlangani haqidagi maqola.
1989 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Prezident qilib tayinlangani haqidagi maqola.

O‘zbekiston deb atalgan yurt¸ o‘zbekistonliklar deb ataluvchi 30 million odam hayotidagi keyingi 25 yillik davr Islom Karimov davri sifatida tarixga kirdi. 1989 yilning 23 iyun kuni rasman dunyoga kelgan bu davr¸ amalga oshmagan umidlar¸ puchga chiqqan orzular fonida korruptsiya va avtoritarizmning gullagan fasli o‘laroq ko‘rilmoqda.


Bundan 25 yil avval Islom Karimov sobiq O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Bosh kotibligiga tayinlandi.

O‘sha davr tutumiga ko‘ra, Komfirqa bosh kotibi respublikaning to‘laqonli rahbari hisoblanar edi.

Bundan 25 yil avvalgi O‘zbekistonda rahbar almashinuvi bilan bog‘liq vaziyatni o‘sha davrni yaxshi bilgan va Islom Karimoov bilan turli davr va turli vaziyatlarda muloqot qilgan siyosat va muxolifat arboblari bilan birga esladik.

1989 yilning jazirama yozi

Kreml tarafidan Islom Karimovning O‘zbekistonga rahbar qilib tayinlanishi arafasida O‘zbekiston etnik nizolar¸ o‘zlikni anglash yo‘lidagi ijtimoiy harakatlar yuz ko‘rsatayotgan bir hudud sifatida matbuot diqqatiga tushib ulgurgan edi.

1989 yilning may oyida O‘zbekistonda norasmiy “Birlik” xalq harakati o‘z qurultoyini o‘tkazib¸ siyosiy o‘zgarishlar talab qila boshlagan edi.

Bundan oldin esa, Farg‘onadagi etnik nizolar oqibatida ilk qurbonlar berilgan edi.

O‘sha davr matbuotida 1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida 103 kishi nobud bo‘lib¸ 1011 kishi tan jarohati olgani, ichki qo‘shinlarning 137 harbiy xizmatchisi, militsiyaning 110 xodimi yaralangani haqida yozilgan edi.

Bu ma‘lumotlarga ko‘ra¸ aholining 757 uyi, davlatning 27 ob‘ektiga o‘t qo‘yilib talon-taroj qilingan va 275ta transport vositasi yoqib yuborilgan.

​Bundan oldin esa, Samarqand viloyatining Jumabozor qishlog‘ida dexqonlar isyon qilib chiqqan va bu isyonni bostirish uchun muntazam armiya qo‘shinlari jalb qilingan edi.
Farg‘ona 1989 yil.
Farg‘ona 1989 yil.
Karimovning iqtidorga kelishi arafasida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy bo‘hronlar qaynagan¸ millatlararo nizolar bois¸ mamlakatning qator nuqtalarida komendantlik nazorati joriy qilingan edi.

Bu davrga Karimovning o‘zi “To‘rt tomondan urush bo‘layotgan payt”¸ deya baho bergan edi.

"Bugungi O‘zbekistonda katta kurash ketayapti. Bir tomondan emas¸ to‘rt tomondan kurash ketayapti"¸ degan edi 1991 yilgi saylovlardan oldin Namanganda obkom binosini ishg‘ol qilgan dindorlar bilan uchrashgan Islom Karimov.

Karimov iqtidorga kelishi arafasida minglab o‘zbekistonliklar paxtani qo‘shib yozishda ayblanib¸ hibs qilingan edi.

"Men 1987 yilda Qashqadaryoga birinchi marta borganimda 1500 odam qamalgan edi. Hamma akamni¸ opamni chiqarib bering¸ deb kelar edi"¸ deb eslagan edi Islom Karimovning o‘zi.

1988 yilda O‘zbekiston rahbarligiga tayinlangan diplomat Rafiq Nishonov 1989 yili sobiq Sovet Ittifoqi Millatlar kengashi raisi qilib tayinlangani bois komfirqa kotibligi lavozimi bo‘sh qoldi.

Mamarasulov nega rahabarlikni rad qildiyu nega Anishchev nomzodi yutdi?


1989 yili sobiq O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi 2-kotibi lavozimini egallagan va kadrlar masalasini nazorat qilgan Vladimir Anishchev Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti Islom Karimovning hokimiyat tepasiga kelishida bevosita ishtirok etganman, deya bildirdi:
Uzbekistan - Second Secretary of the Communist Party of Uzbekistan Vladimir Anishchev
Uzbekistan - Second Secretary of the Communist Party of Uzbekistan Vladimir Anishchev
- Men o‘sha paytda kadrlar masalasi bilan shug‘ullanganman. Rafiq Nishonovning Moskvaga ishga tayinlanishidan ancha oldin O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligiga kim bo‘lishi masalasi muhokama qilingan. Gosplanda ishlagan Islom Karimov nomzodlardan biri sifatida tanlanib¸ Qashqadaryo Obkom kotibligida ishlab tajriba orttirishga yuborilgan edi. Har xolda, Islom Karimov O‘zbekistonning birinchi rahbarligi uchun munosib nomzod edi¸- deb eslaydi hozir Rossiyaning Voronej viloyatida nafaqaxo‘r maqomida yashayotgan Vladimir Anishchev.

O‘zbekiston prezidenti haqidagi "IAK" romani muallifi¸ hozir AQShda yashayotgan O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati Jahongir Muhammad Ozodlik bilan suhbatda aynan Vladimir Anishchev O‘zbekiston rahbarligiga Islom Karimovni olib kelganini tasdiqlaydi:

- Islom Karimov Anishchev tanlagan kadr¸ bu to‘g‘ri. Keyinchalik, Anishchev O‘zbekistonda korruptsiyada ayblanganida Islom Karimov uni qutqarib¸ silliqqina qilib Moskvaga ketkizib yuborgani ham bunga dalil bo‘la oladi. Vladimir Anishchev O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi 2-kotibi lavozimini egallagan va kadrlar masalasini nazorat qilgan. Shu Anishchevning kadri Islom Karimov bo‘lgan lekin rahbarlikka nomzodlar uch nafar bo‘lgan va ular orasida Surxondaryo Obkom kotibi Solijon Mamarasulov liderlik qilgan. Lekin Mamarasulov bu lavozimni rad qilgan.
Solijon Mamarasulovni yaqindan tanigan jurnalist Ismat Xushev Ozodlik bilan suhbatda prezidentlik salohiyatiga ega bo‘lgan bu kishining pirovardida hukumat e‘tiboridan benasib xolda olamdan o‘tganligini aytadi:
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:25 0:00
Бевосита линк

Jahongir Muhammad Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonning sobiq vitse prezidenti marxum Shukrillo Mirsaidov va jurnalist Ahmadjon Muxtorovlar bilan suhbatlariga asoslanib ba‘zi tafsilotlarni aytib berdi.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:19 0:00
Бевосита линк

Kutilgan rahbar

Nishonovning Moskvaga olinishi va o‘rniga yangi rahbar kelishi haqida 1989 yil bahoridayoq gap-so‘zlar boshlangan edi¸ deya eslaydi O‘zbekiston Erk demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih.

Muhammad Solih
Muhammad Solih












- Karimovning kelishi oldindan taxmin qilingan edi. Nishonov ketmasidan va Karimov kelmasidan oldinoq o‘rtamiyona bir odamning kelishi haqida gap-so‘z boshlangan edi. Aynan shu odam Islom Abdug‘aniyevich Karimov bo‘ladi¸ degan fikr bizda yo‘q edi. Chunki o‘rtamiyona odam kelishi haqida gapirilsa ham¸ uning kimligi haqida xabar chiqmagan edi.

Karimovni Moskvaga tavsiya qilgan go‘yo Andijon viloyatining o‘sha paytdagi birinchi sekretari bo‘lgan. Bu narsani qo‘llaganlar ham ichkaridagi yirik siyosatchilar emas edi.

Tavsiya obkom sekretarlari¸ obkom sekretarlarining ikkinchi sekretarlari¸ ya‘ni rus rahbarlari saviyasida bo‘lgan.

Shu rus rahbarlaridan biri¸ Qashqadaryoda ikkinchi sekretar edi shekilli¸ Yevgeniy Berezikov edi. Keyin u odam yozuvchilar uyushmasining sekretari ham bo‘ldi. Bu odam ham tavsiya qilganlardan biri edi.

U 1989 yilda Karimov saylanishidan ikki-uch kun oldin menga sirli qilib, “Qashqadaryo viloyatidagi partiyaning hozirgi birinchi kotibi saylanishi mumkin. Bu odam har holda, iqtisodda ishlagan. U Gosplanda ishlagan va iqtisodni yaxshi biladi” degan gaplarni aytgan edi.

Bu narsaga biz ham juda qiziqardik. O‘sha paytda biz Nishonovni totalitar bo‘lmasa ham¸ avtoritar deb bilardik. Uning o‘rniga keladigan odam mutlaqo yaxshi odam bo‘lishi kerak¸ degan fikrda edik¸- deya eslaydi Muhammad Solih.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:31 0:00
Бевосита линк

R. Nishonov: Karimovni o‘z o‘rnimga men tavsiya qilganman


Rafiq Nishonov
Rafiq Nishonov
Islom Karimovning Moskvadagi KPSS plenumida O‘zbekiston rahbari qilib tayinlanganiga 25 yil bo‘lgani xabarini Ozodlik muxbiridan eshitgan Rafiq Nishonov "shuncha vaqt o‘tibdiya" deb qahqaha otib kuldi.

O‘zbekistonni 1988-89 yillari boshqargan Rafiq Nishonovning Ozodlikka aytishicha, Kreml mulozimlarining ko‘pchiligi Islom Karimovning nomzodiga qarshi bo‘lishgan.

- Hatto Mixail Gorbachev ham kelinglar bu masalani keyinga qoldiraylik degan edi¸- degan suhbatdosh 25 yil o‘tganidan taajubini yashirmadi.

- Endi hozir biror narsa aytishim qiyin. Standartniy saylovlar 25 yil uje o‘tib ketdi.

Ozodlik: Buning boshida siz turgansiz. Siz o‘rningizni bu kishiga bergansiz¸ tavsiya qilgansiz.

- O‘sha vaqtdagi kandidatlar ichida respublikani eplab ketadigan¸ respublikaning siyosiy-iqtisodiy vaziyatni to‘g‘ri tushunadigan odam shu edi. Shuning uchun markazga biz buni taqdim qilganmiz. Plenumda muhokama qilish vaqtida bir qanchadir savollar chiqib qolgan.

Ozodlik: Ligachev qarshi bo‘lgan, dedi. Men Eduard Shevarnadze bilan gaplashdim. U kishi Ligachev qarshi bo‘lgan¸ men qo‘llab-quvvatlaganman, deyapti. Shunaqa bo‘lganmi?

- Nafaqat Ligachev¸ Gorbachev ham “Davayte otlojim”, degan. Ne to chto qarshi "rassmotreniye otlojim" degan. Keyin men ertasiga ertalab¸ endi vaqt o‘tayapti¸ bundan boshqa tayyor odam yo‘q. Paydo bo‘lib qolgan savollarga javob topish mumkin. Shuning uchun tasdiqlab yuboraverish kerak, dedim. Keyin Ligachev¸ Gorbachev¸ Razumovskiy uchalasi yaxshi deb shunga rozilik berishdi.

Ozodlik: Siz o‘zingiz arafani bilardingiz. O‘zbekiston murakkab respublika edi o‘sha payt.

- Albatta bilardim. Shuning uchun taklif qilgandim.

Ozodlik: Afsuslanmaysizmi¸ faxrlanasizmi qanaqa tuyg‘u bor? 25 yil o‘tdi oradan. Men o‘sha bo‘lgan voqeani hikoya qildim. Boshqa gapim yo‘q. Endi har qaysi respublika o‘zicha o‘zining yo‘li bilan rivojlanib ketayapti. O‘zbekiston ham o‘z yo‘lini topdi. Qiyinchiliklar bor. Lekin shuni asta-sekin amalga oshirib¸ yaxshi yo‘llar bilan rivojlanish uchun yo‘l topayapti.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:30 0:00
Бевосита линк

Nishonovning aytishicha¸ O‘zbekistondagi vaziyatning notinchligini hisobga olgan rahbariyat Karimovni shartli tarzda rahbar qilib tayinlagan.

O‘sha paytda Qashqadaryo viloyat partiya qo‘mitasini boshqargan¸ SSSR xalq deputati Islom Karimov nomzodini o‘shandagi SSSR Tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze ham qo‘llab-quvvatlagan edi.

- Men o‘shanda ham¸ hozir ham bu eng to‘g‘ri tanlov bo‘lgan edi deb hisoblayman. Men o‘sha paytda Karimov bilan bir necha marta uchrashganman. O‘zbekistonda ham bo‘lganman. Oramizda do‘stona munosabatlar bor edi¸- deya eslagan edi Eduard Shevardnadze Ozodlik bilan suhbatda.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Shevardnadze Karimov nomzodiga qarshilar ham bo‘lganini eslagan edi.

- Shunday onlar bo‘ldiki¸ uning nomzodiga e‘tiroz bildirganlar ham topildi. Ammo o‘shandagi umum kayfiyat Karimov foydasiga ishladi¸- degan edi Eduard Shevardnadze.

Sovet siyosatining "otaxon"laridan biri bo‘lgan Shevardnadze o‘sha payt kayfiyati Karimov tarozisiga tosh bostirganini aytgan edi.

Karimov yelkaniga shamol puflagan kayfiyatning nomi umid edi¸ deb eslaydi o‘sha paytda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi kotibi bo‘lgan Muhammad Solih.

Ma‘lumotli mustabid

Belarus Respublikasini demokratik davlat qilish uchun tirishgan¸ ammo vazifasini qo‘lidan boy bergan Stanislav Shushkevich bir vaqtlari o‘zi yaxshi bilgan Karimovning oxir-oqibat mustabidga aylanganidan taassuf bildiradi.

- Karimov mustabid¸ ammo ma‘lumotli mustabid. Belarusdagi diktatordan sal yaxshiroq ko‘rinadi nazarimda¸- deydi Stanislav Shushkevich.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:07 0:00
Бевосита линк

Stanislav Shushkevich
Stanislav Shushkevich
Karimov iqtidorga kelgan 1989 yil kayfiyati va 1991 yilgacha bo‘lgan qisqa bir davr haqida hikoya qildik.

Karimov iqtidordagi umrining 25 yili nimani bildiradi degan savol javobini tarixga havola qilinishidan avval bu borada zamondoshlar fikrini o‘rgandik.


Sarobga aylangan umidlar yoki qanday qilib bir shaxs O‘zbekistonni tanazul yoqasiga keltirgani haqida


Rossiyalik taniqli jurnalist Aleksandr Minkin 1993 yilda Davos forumida Islom Karimov bilan uchrashganida “Nega O‘zbekistondagi demokratik jarayonlarga to‘sqinlik qildingiz” deya so‘raganini eslaydi.

- Islom Karimov demokratiya kalimasini eshitgan zahoti darg‘azab bo‘lib stol mushtladi. “Siz O‘zbekistonning Tojikiston kabi qonga bo‘yalishini istaysizmi?” deganini eslayman¸- deydi Aleksandr Minkin Ozodlik bilan suhbatda.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:28 0:00
Бевосита линк

Aleksandr Minkin nazarida Islom Karimov tabiatidagi mustabidlikka moyillik bois u instinkt darajasida demokratiya va erkin saylovlarga qarshi bo‘lgan.
Islom Karimov
Islom Karimov
O‘zbekiston Birlik Xalq Harakati partiyasi raisi Abdurahmon Po‘latov boshidanoq Islom Karimovga qarshilik bildirganini aytadi:

- 1989 yil iyun oyida men bilan Islom Karimov¸ Rafiq Nishonov va Vladimir Rijkov uchrashdi. O‘shanda men bu odamdan respublikaga faqat zarar olib keladi deb ochiq aytganman¸- deydi Abdurahim Po‘latov.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:53 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston parlamentining sobiq deputati Jahongir Muhammad mamlakatning bugungi tanazzuliga faqat Islom Karimov aybdor degan fikrda sobit:

- Katta imkoniyat bois yorug‘likka chiqqan millat va mamlakatini Islom Karimov chox yoqasiga keltirib qo‘ydi.

O‘zbekiston Erk demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih¸ Islom Karimovning iqtidordagi 25 yillik davrini o‘zbek xalqining qo‘rqinchli tushi deb atadi:

- Bundan 25 yil oldin Karimovning O‘zbekiston rahbarligiga keltirilishi oqibatida mamlakat va millat falaj qilindi yoki uyquga ketishiga sabab bo‘ldi. 25 yildan beri davom etayotgan uyqu. Xalq uyg‘onasagina bu qo‘rqinchli tush tugaydi,- deydi Muhammad Solih.
XS
SM
MD
LG