Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2020, Тошкент вақти: 21:46

“Suriyada yurgan o‘zbek janggarilari O‘zbekiston o‘zbeklari emas”


Ramazonning birinchi kunida Suriyaning Halab viloyatidan Iroqning Diyala viloyatigacha bo‘lgan hududda “xalifalik o‘rnatilganini” e‘lon qilgan “Iroq va Shom Islomiy davlati” guruhi dunyo musulmonlarini jihodga va xalifalikni qayta tiklashga chaqirdi.

1 iyul kuni Internet vositasida tarqatilgan videobayonotda “Iroq va Shom Islomiy davlati” guruhi rahbari, Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘zining halifa sifatida saylangani to‘g‘risida bayonot berdi.

Ayni paytda Qirg‘iziston rasmiylari mamlakatda diniy ekstremizm ko‘lami oshayotganidan xavotir bildirmoqda. Qirg‘iz huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, hozirda Suriyada islomiy janggarilar tarafida kamida 80 nafar qirg‘izistonlik kurashmoqda. Bu haqdagi xabar 3 iyul kuni paydo bo‘ldi.

Joriy yil martida turkiyalik huquq faollari Suriyadagi jihodchilar orasida 3-3 yarim ming o‘zbek borligi to‘g‘risida gapirgan edi.

Bu xabarlarni sharhlab berishni OzodNazarning bugungi soni mehmoni, toshkentlik siyosatshunos, professor Muqimjon Qirg‘izboyevdan so‘radik.

XS
SM
MD
LG