Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:19

Gallup: O‘zbekistonliklar MDHdagi eng himoyalangan xalq


Amerikadagi Gallup jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi e‘lon qilgan so‘nggi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi MDH davlatlari orasida eng himoyalangan deb topilgan.

Gallup dunyoning 150ta davlatida “Qonun va tartib bo‘yicha xalqaro indeks” deya nomlangan so‘rov o‘tkazib, jinoyatchilik ko‘rsatkichi va huquq tartibot idoralariga bo‘lgan ishonchni o‘rgangan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 88 ball berilgan O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi o‘rinni egallagan. Ayni mazmundagi so‘rov 2009 yilda o‘tkazilganida O‘zbekistonga 81 ball berilgandi.

Ikkinchi o‘rinni Tojikiston, uchinchi o‘rinni esa Gruziya egallagan.

MDHning 13ta davlatidan 8tasida 2009 yilga nisbatan vaziyat yaxshilangani qayd qilinadi hisobotda.

O‘ninchi o‘rinni egallagan Qozog‘iston esa besh yil oldin to‘plagan ballidan 4 ball kam to‘plagan.

Qrim anneksiyasidan so‘ng boshlangan siyosiy bo‘hron bois Ukraina hisobotning eng so‘nggidan joy egallagan.

XS
SM
MD
LG