Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:17

"Gulnora Karimova yaqinlarini qamagan Toshkent bir o‘q bilan ikki quyonni urdi"


Gulnora Karimovaning jinoiy sherigi deb ko‘rilgan Gayane Avakyan va Rustam Madumarovning qamalishi Yevropadagi tergovlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi, demoqda tahlilchilar.
Gulnora Karimovaning jinoiy sherigi deb ko‘rilgan Gayane Avakyan va Rustam Madumarovning qamalishi Yevropadagi tergovlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi, demoqda tahlilchilar.

Shvetsiya Bosh prokuraturasi shu yiling may oyida qamoqqa hukm qilingan Gayane Avakyan va Rustam Madumarovlar to‘g‘risida ma‘lumot taqdim qilishni so‘rab O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qildi. Avakyan va Madumarov Shvetsiya va Yevropaning boshqa qator mamlakatlarida pul yuvish va korruptsiyaga doir jinoyat ishlarida Gulnora Karimova bilan birgalikda gumonlanuvchi sifatida o‘tmoqda. Shvetsiya prokurorining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston rasmiylari prezident qizining jinoiy sheriklari deb ko‘rilayotgan bu shaxslarga oid ma‘lumotlarni ochiqlashga shoshilayotgani yo‘q. Ayni paytda, kuzatuvchilar asosiy figurantlarning O‘zbekistonda panjara ortiga tashlangani Yevropadagi tergovlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi ehtimolidan gapirmoqda.

Shvetsiya Bosh prokuraturasining Korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler o‘zi tergov qilayotgan jinoyat ishining asosiy figurantlari O‘zbekistonda qamoqqa hukum qilingani to‘g‘risidagi xabarlar iyulь oyida paydo bo‘lishi ortidan Toshkentga murojaatnoma yuborgan edi.

Shved tergovchisining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston rasmiylari uning so‘roviga javob berishganicha yo‘q:

- O‘zbekiston rasmiylaridan Gayane Avakyan haqida ma‘lumot berishlarini so‘rab murojaat qildik. Ular so‘rovimizga javob berishadimi, yo‘qmi aytish qiyin. Ularga Avakyanning ishida yana kimlar bo‘lgani, ularga qanday ayblovlar qo‘yilganiga doir savollarimizni yubordik. So‘rovnomani avgust oyida yubordik, lekin hozircha javob olganimiz yo‘q. Balki biroz kutishimiz kerakdir. Chunki o‘zaro huquqiy yordam kanali bo‘yicha yuboriladigan so‘rovlarga javob olish uchun vaqt talab qilinishini tushunamiz, deydi Gunnar Stetler.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi iyulь oyida Yevropa tergov idoralari prezident Karimov qizining jinoiy sheriklari deb ko‘rayotgan Avakyan va Madumarov 24 may kuni O‘zbekiston Harbiy sudi tomonidan “uzoq yillik qamoq jazolariga” hukm qilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlagan edi.

Rasmiy xabarnomada, Avakyan va Madumarov bilan “boshqalar (jami13 kishi)” qamalgani qayd etilgan, lekin boshqalarning shaxslari, qanday jinoyatlarda aybdor deb topilgani ochiqlanmagan.

Avakyan va Madumarov O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan birgalikda Shvetsiyadan tashqari Shveytsariya, Frantsiya, Latviya va Hollandiyada tergov qilayotgan jinoyat ishlarining figurantlari hamdir.

Shvetsiya prokurori Gulnora Karimovadan ko‘rsatma olish to‘g‘risida O‘zbekiston hukumatiga murojaat qilganmi, yo‘qmi, buni oshkor qilmadi.

Evropadagi “o‘zbeklar ishini” kuzatib kelayotgan o‘zbekistonlik sharhlovchi Alisher Ilhomov Toshkent Avakyan va Madumarov doxil guruhni qamoqqa tashlab, bir o‘q bilan ikki quyonni urishga muvaffaq bo‘ldi, degan fikrda:

- Bu shaxslarning tezdagina sud qilinib qamoqqa tashlanishining Shvetsiya, Shveytsariya va boshqa mamlakatlardagi tergovlarga ta‘siri haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda Toshkent rejimi uchun ikkita maqsadga erishilganini aytishimiz mumkin. Bu shaxslar Gulnora Karimovaning topshiriqlarini bajargani kundek ravshan, demak ularning sahnadan olib tashlangani¸ birinchidan, prezident qizini bu ish bilan bog‘liq tahlikalardan himoya qiladi. Ikkinchidan, Yevropa tergov idoralarining bu shaxslardan ko‘rsatma olish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi, deydi Alisher Ilhomov.

Shvetsiya prokuraturasi tergovchisi Stetler, O‘zbekistonda chiqarilgan hukm Shvetsiyadagi tergovning yopilishiga asos bo‘lmasligini ta‘kidladi. Lekin Shvetsiyaning TeliaSonera telekom shirkati O‘zbekistonga kirish uchun Gulnora Karimovaga yuzlab million AQSh dollari miqdorida pora berganiga oid iddaolarni sudda isbotlay olishi haqida prokuror hozircha bir narsa deya olmasligini e‘tirof etdi:

- Hozir mavjud vaziyatda tergovni yopish uchun asoslarni ko‘rmayapman. Sudga taqdim qilgani dalil isbotlarni qo‘lga kiritamiz, degan umiddamiz. Lekin hozircha buni aniq ishonch bilan ayta olmayman, deydi Shvetsiya Bosh prokuraturasining korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler.

Ozodlik bilan bundan ikki oy avvalgi suhbatda shved tergovchisi Shvetsiya hukumatiga qarashli TeliaSonera shirkati O‘zbekiston prezidentining qizi bilan noqonuniy oldi-berdi qilganini sudda isbotlay olishini komil ishonch bilan aytgan edi.

Alisher Ilhomov shved tergovchisining ishonchi susaygani Yevropa tergov idoralari “o‘zbek ishida” boshi berk ko‘chaga kirib qolishi ehtimolidan darakdir, deydi:

- G‘arb sud tizimida hukmlar sirtdan chiqarilgani, ya‘ni asosiy gumonlanuvchi va guvohlarning yo‘qligi vaziyatida qaror chiqarilishi haqida eshitmaganman. Bu ishda esa Gulnora Karimova va Gayane Avakyan kabi uning yaqin sheriklari hamda Behzod Ahmedov tergov uchun asosiy gumonlanuvchi va guvohlardir. Sudning ular ishtirokisiz hukm chiqara olishi amri maholdir. Menimcha, bu jinoyat ishlarining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi ehtimoli juda yuqoridir, deydi siyosatshunos Alisher Ilhomov.

Shvetsiya prokuraturasi TeliaSonera shirkati O‘zbekiston telekom bozoriga kirish imkoni uchun bu mamlakat prezidentining qiziga 350 million AQSh dollari midorida pora berganini isbotlashga urinayotgan bir paytda 4 sentabr kuni katta qismi Shvetsiya hukumatiga qarshi bu shirkat mulozimi Toshkentga safar qildi.

O‘zbekiston rasmiy nashrlarining xabar qilishicha, TeliaSonera shirkatining Yevroosiyo bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Erik Xalberg boshchiligidagni delegatsiya payshanba kuni O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida qabul qilingan. Uchrashuvda shirkatning O‘zbekistondagi yangi bosh direktori Tonu Gryunberg taqdim etilgan.

O‘zbekistonda UCell brendi ostida faoliyat yuritadigan TeliaSonera mobil aloqa bozorida muvaffaqiyatga erishgani qayd etilgan bu uchrashuvda Yevropadagi jinoyat tergovlari masalasi ko‘tarildimi, yo‘qmi, bu haqda rasmiy nashrlar xabar qilmadi.

XS
SM
MD
LG