Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 19:09

Futbol: O‘zbekistonlik o‘smirlar Osiyo chempionati chorak finaliga chiqdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U16) Tailandda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finaliga chiqdi.

11 sentabr kuni o‘tgan guruh bosqichining uchinchi tur uchrashuvida Aleksandr Mochinov shogirdlari Quvayt jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdilar.

Shunday qilib, guruh bosqichida ikki g‘alaba va bir durang bilan birinchi o‘rinni egallagan o‘zbekistonlik yosh futbolchilar 14 sentabr kuni o‘tadigan chorak final uchrashuvida suriyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadilar.

O‘zbekiston jamoasi bellashgan “C” guruhida ikkinchi o‘rinni Shimoliy Koreya jamoasi egalladi. Ushbu jamoa chorak finalda Eron bilan bellashadi.

XS
SM
MD
LG