Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:14

Gulnora Karimova soqchilar bilan tortishayotgani tasvirlangan rasmlar e‘lon qilindi


O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilgan Gulnora Karimova taqdiriga doir navbatdagi rasmlar matbuotga tarqatildi. Seshanba kuni Gulnora Karimovaning Londondagi vakili tarqatgan rasmlarda O‘zbekiston prezidentining qizi haqiqatan uy qamog‘ida ekaniga ishora qiluvchi vaziyat tasvirlangan.

Rasmlardan yaqin o‘tmishda O‘zbekistonning eng qudratli ayoli bo‘lgan Gulnora Karimova bir guruh harbiy kiyimdagi erkaklarning qattiq nazorati ostida qolayotganini tushunish mumkin. O‘zini Karimovaning matbuot vakili, deya atayotgan Loksli Rayan tarqatgan imeylda aytilishicha, rasmlar prezident qizi uy qamog‘ida saqlanayotgan hovlida tushirilgan.

Loksli Rayan tarqatgan imeylda aytilishicha, rasmlar prezident qizi uy qamog‘ida saqlanayotgan hovlida tushirilgan.
Loksli Rayan tarqatgan imeylda aytilishicha, rasmlar prezident qizi uy qamog‘ida saqlanayotgan hovlida tushirilgan.

Rasmlarda bir paytlar o‘zbek moda olami malikasi va dizayner uy kiyimida, oyog‘ida shippak sochlari to‘zigan holda harbiy kiyimdagi erkaklar bilan nimadir ustida tortishayotganini ko‘rish mumkin.

Bu rasmlarni 16 sentabr kuni tarqatgan Rayan Lokslining aytishicha, 42 yoshli Gulnora Karimova va uning 15 yashar qizi Imon "tez tibbiy yordamga muhtojdir". Rasmlar sanasi matbuot kotibi tarafidan aniqlashtirilmagan.

Gulnora Karimova bir guruh harbiy kiyimdagi erkaklarning qattiq nazorati ostida qolayotganini tushunish mumkin.
Gulnora Karimova bir guruh harbiy kiyimdagi erkaklarning qattiq nazorati ostida qolayotganini tushunish mumkin.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi fevralь oyidan beri uy qamog‘ida qolayotgani aytiladi. Shu oy boshrog‘ida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ustidan jinoyat ishi ochilganini e‘lon qildi.

Bosh prokuratura uni yuzlab milliard so‘m miqdoridagi pullarni o‘margan uyushgan jinoiy guruh a‘zosi, deya atamoqda.

Rasmlarda bir paytlar o‘zbek moda olami malikasi va dizayner uy kiyimida, oyog‘ida shippak sochlari to‘zigan holda harbiy kiyimdagi erkaklar bilan nimadir ustida tortishayotganini ko‘rish mumkin.
Rasmlarda bir paytlar o‘zbek moda olami malikasi va dizayner uy kiyimida, oyog‘ida shippak sochlari to‘zigan holda harbiy kiyimdagi erkaklar bilan nimadir ustida tortishayotganini ko‘rish mumkin.

Bosh prokuratura "uyushgan jinoiy guruh" a‘zosi Gulnora Karimovaga nisbatan ehtiyot chorasi ko‘rilganmi, yo‘qmi ochiqlamadi. Lekin prezident qizining o‘zi uy qamog‘ida qolayotgani haqida xabarlarni sizdirib kelmoqda.

Loksli Rayan tarqatgan imeylda Gulnora Karimova "g‘irt siyosiy sabablarga ko‘ra uy qamog‘iga olingani"ni iddao qilib, buni kelasi yiliga belgilangan O‘zbekiston prezident saylovi bilan bog‘lamoqda.

"Saylov oladi poygasi davomida, Gulnorani ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlayotgani, aftidan uning otasi atrofini egallab olib, o‘z mavqeini iloji boricha saqlab qolishga urinayotganlarni xavotirga solayotgan ko‘rinadi", deya yozgan Rayan Karimova "bugungi O‘zbekistonning siyosatiga hech qadany qiziqishi yo‘q", deya qo‘shimcha qildi.

Shu oy boshrog‘ida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ustidan jinoyat ishi ochilganini e‘lon qildi.
Shu oy boshrog‘ida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ustidan jinoyat ishi ochilganini e‘lon qildi.

Gulnora Karimova O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilishi Yevropaning bir necha mamlakatida prezident Karimovning qizi va uning jinoiy sheriklari, deya ko‘rilayotgan shaxslarga nisbatan tergov davom etayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova va unga yaqin bo‘lgan Rustam Madumarov va Gayane Avakyan Shvetsiya, Shveytsariya, Frantsiya, Latviya va Hollandiyada pul yuvish, korruptsiya va boshqa moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.

XS
SM
MD
LG