Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:12

Samarqandda tergovchilar pora bilan qo‘lga tushdi


Siyosiy partiyalar imzo yig‘ishni boshladi. Namanganda mansabdorlar yer ajratish evaziga 90 million so‘m pora olgan. Xonanda Munisa Rizayevaning ma‘muri qochib ketgani piar aktsiya bo‘lishi mumkin. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

“Siyosiy partiyalar imzo yig‘ishni boshladi”

O‘zbekistondagi to‘rt siyosiy partiya joriy yil 21 dekabrda o‘tadigan parlament va mahalliy vakillik organlariga saylovda qatnashish uchun saylovchilarning imzosini yig‘ishga kirishdi (“O‘zbekiston ovozi”, 18 sentabr).

Siyosiy partiya saylovda o‘z nomzodlari bilan qatnashish uchun saylovchilarning kamida 40 mingta ovozini to‘plashi kerak. Partiyalar joriy yil 12 oktabrgacha imzo yig‘ib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishi lozim. “Saylovchilar imzosi soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi ushbu siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi” deydi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Komiljon Odilov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 sentabrdan parlament va mahalliy vakillik organlariga saylov kampaniyasiga start berildi.

“Namanganda mansabdorlar yer uchun 90 million so‘mdan oshiq pora olgan”

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan mansabdorlardan iborat jinoiy guruh fosh etildi (“Diyonat”, 18 sentabr).

Jinoiy guruhga Kosonsoy tumani hokimligi arxitektura va qurilish bo‘limi hamda tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi rahbarlari boshchilik qilgan. Ismi oshkor etilmagan mansabdorlar 6-7 yil davomida yakka tartibda uy qurish uchun yer ajratib berish evaziga pora olgan, hujjatlarni soxtalashtirib yolg‘on ma‘lumotlar taqdim etib kelgan.

Jinoiy guruh a‘zolari fuqarolardan 90 million so‘mdan oshiq miqdorda pora olgan. Tuman hokimligi mansabdorlariga o‘n yil va o‘ndan oshiq muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

“Samarqandda ichki ishlar idorasi tergovchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi”

Samarqand viloyati Paxtachi tumani ichki ishlar bo‘limining ikki nafar tegrovchi katta miqdorda pora olgani sababli qamoqqa olindi (“Inson va qonun”, 16 sentabr).

Kattako‘rg‘on shahar prokurori Erkin Sharipovga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan ikki tergovchiga qo‘shnisiga tan jarohati yetkazgan yigitning jinoiy ishi topshirilgan.

Tergovchilar ayblanuvchini qotillikka oid modda qo‘yish bilan qo‘rqitib dastlab 24 million so‘m pora olgan. Bunga qanoat qilmagan tergovchilar qo‘shnilar o‘rtasidagi janjalga guvoh bo‘lgan ikki nafar yigitni ham “jinoiy ish ochamiz” deya qo‘rqitib 13 million so‘m pul undirgan.

Qolaversa, tergovchilar ayblanuvchi yigitning otasiga tegishli 30 million so‘mlik “Neksiya” avtomobilini ham qo‘rqitish yo‘li bilan tortib olgan.

Tamagirlarning tamalaridan to‘yib ketgan ota huquq idoralariga murojaat qilgan. Ushbu ariza asosida ikki tergovchiga jinoiy ish ochilgan.

“Departament “Malika” bozorida reyd o‘tkazdi”

Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkentdagi elektronika mahsulotlari savdo markazi sanalgan “Malika” majmuasida reyd o‘tkazdi (“Bozor va iste‘molchi”, 15 sentabr).

Tekshiruvda hujjatsiz telefonlar musodara qilingan. Masalan, sifati sertifikati va kirim hujjatlarisiz savdo qilayotgani uchun R.Inog‘omov va Q.Qurbonovlardan 47 dona telefon apparati va 2 dona planshet, jami 41,9 million so‘mlik mahsulot musodara qilingan.

Noqonuniy savdo faoliyatida ayblangan fuqarolarga katta miqdorda jarima tayinlangan.

“Munisa Rizayevaning ma‘muri qochib ketgani piar aktsiya bo‘lishi mumkin”

Xonanda Munisa Rizayevaning ma‘muri Jahongir Xoliqovning qochib ketgani haqidagi xabar piar aktsiya bo‘lishi mumkin (“Darakchi”, 18 sentabr).

Shou biznes olamida bu hodisa Munisa Rizayevaning oktabr oyida o‘tadigan kontserti oldidan ko‘tarilgan shov-shuv va xonanda faoliyatiga qiziqishni oshirishga yo‘naltirilgan reja deb baholangan.

Avvalroq Munisa Rizayeva o‘z ma‘muri Jahongir Xoliqov to‘y marosimlari uchun odamlardan katta miqdorda pullarni olib g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergandi.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bo‘lim boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bu masalaga munosabat bildirib, agar bu rostdan ham kontsert oldidan shov-shuv ko‘tarish uchun qilingan aktsiya bo‘lsa birlashma xonandaga qa‘iy chora ko‘rishini aytgan.

“Qashqadaryoda farzandini tunda internet klubga yuborgan ota­-onalar jazolandi”

Qashqadaryo viloyatida farzandlari tungi vaqtda internet klub, restoran va tungi klublarda yurgan ota‑onalar jarimaga tortilmoqda (“Huquq”, 18 sentabr).

Qayd etilishicha, viloyat bo‘yicha dam olish maskanlari va internet klublarda 250 dan oshiq reyd o‘tkazilgan. Reydlarda tungi vaqtda ota-onasiz kuzatuvisiz dam olish maskanida bo‘lgan 7 nafar maktab va 10 nafar kollej o‘quvchisi aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan faqat ota-onalarga emas, internet klub va dam olish maskanlari mansabdorlariga ham Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-2-moddasiga ko‘ra ish ochilgan.

XS
SM
MD
LG