Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:06

MXX arog‘i - "MXX jasoratini tatib ko‘r!"


O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan "Toshkentvino" kombinati maxsus "Prazdnichnaya" ("Bayramlik"-tahr.) arog‘ini ishlab chiqardi.

Yarim litrlik, MXX simvolikasi tushirilgan tillarang shishada, "S dnyom obrazovaniya SNB Respubliki Uzbekistan" (tahr.- "O‘zbekiston Respublikasi MXX tashkil etilgan kun bilan tabriklaymiz") degan yozuv ham bitilgan.

"Toshkentvino" kombinatiga ko‘ra, bu aroq MXX buyurtmasiga binoan ishlab chiqarilgan, ammo erkin sotuvga qo‘yilmagan.

O‘zbekistonning o‘zida quyilgan bu aroq odatiy 40 foizlik quvvatga ega.

Ijtimoiy tarmoqlarda MXX arog‘i atrofida turli hazillar paydo bo‘ldi.

Masalan aroq brendingi uchun "Bo‘lay desang mustaqil, SNB bilan yuzta qil!", "MXX jasoratini tatib ko‘r!", kabi sloganlar taklif qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: alkogolь ichimliklarini suiiste‘mol qilish sog‘lig‘ingiz uchun zararli.

XS
SM
MD
LG