Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:30

Jahon chempionatida Ukraina gimni O‘zbekiston gimni bilan adashtirildi


Xitoyda o‘tayotgan gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida chempionlikni qo‘lga kiritgan ukrain sportchisi Oleg Vernyayevni taqdirlash marosimi O‘zbekiston gimni musiqasi ostida o‘tkazildi.

“Novosti” agentligining 13 oktabr kuni ma‘lum qilishicha, chempionat tashkilotchilari Ukraina gimnini O‘zbekiston gimni bilan adashtirib qo‘ygan. Ukrainalik sportchi bundan taajublangan bo‘lsa-da, O‘zbekiston gimnini oxirigacha tinglagan.

Oleg Vernyayev 1996 yildan beri jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan birinchi ukrain gimnastikachisi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, xalqaro sport musobaqalari bu kabi tushunmovchiliklar tez-tez uchrab turadi. 2012 yili Quvaytda o'tgan otish bo'yicha jahon chempionatida Qozog'iston gimni o'rniga ushbu mamlakat haqida olingan "Borat" komediyasidagi sohta gimn ijro etilgan edi.

Qozog'iston, O'zbekiston, Rossiya va qator arab davlatlarida taqiqlangan "Borat" filmidagi gimnda "Qozog'istonning eng toza fohishalari" hamda "O'zbekistondagi kaltafahmlar" haqida kuylanadi.

"Borat" filmi britaniyalik taniqli komik artist Sasha Baron Koen tarafidan 2006 yilda suratga olingan.

XS
SM
MD
LG