Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:15

Paxta punkti tovarshunosi bo‘lish uchun qancha uzatish kerak?


Sarlavhaga chiqarilgan savol javobini va umuman paxta sanoatidagi korruptsiya ko‘rinishlarini o‘zbekistonlik sobiq paxta tovarshunosi aytib berdi. Qishloq xo‘jaligi mashinalari muhandis-konstruktori Mirza Anvar Hamidov O‘zbekistonda paxta terish mashilaridan foydalanish mustaqillik yillarida keskin kamayib ketgani sabablari to‘g‘risidagi o‘z qarashlari bilan bir hafta muqaddam o‘rtoqlashgan edi.

Keyingi yillarda Rossiyada yashayotgan Hamidov ko‘p yillar “Toshpaxtasanoat” birlashmasi korxonalarida rahbar lavozimlarda, bir muddat tovarshunos lavozimida ham ishlagan va shuning uchun masalani ichidan biladi.

“Pripiska” yoki “Qo‘shib yozish” so‘zlarini eshitganmisiz?

Bu so‘zlarni eshitmaganlardan avlodidan bo‘lsangiz, bugungi OzodNazarni albatta tinglang.

Eshitganlar uchun, balki, bugun yangi gap yo‘qdir?!

OzodNazar ma‘lumoti: Mirza Anvar Hamidov 1959 yili Angren shahrida, ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1982 yili Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutini “To‘qimachilik sanoati mashina va apparatlari” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. Paxta tolasini chigitdan ajratish bo‘yicha ilmiy ish olib borgan. Shu kunlarda Paxta terim mashinalarining takomillashgan varianti ustida ish olib borayapti. Oilali. 5 fazand, 5 nevarasi bor.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:47 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG