Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 08:25

FOREX MMCIS firiblaridan o‘zbekistonliklar ham kuydi


FOREX MMCIS Moskvaning qoq markazidagi hashamatli ofisidan turib milliardlab dollarlik firibgarlikni bemalol amalga oshirib kelgan.
FOREX MMCIS Moskvaning qoq markazidagi hashamatli ofisidan turib milliardlab dollarlik firibgarlikni bemalol amalga oshirib kelgan.

O‘zbekistonlik Azizbek o‘tgan yili FOREX MMCIS brokerlik shirkatiga 5000 AQSh dollariga yaqin pulini ishonib topshirgan. O‘z mablag‘ini virtual valyuta bozoridagi oldi-sotdi bilan shug‘ullanuvchi bu shirkatga berib qo‘yishga uni Rossiya telekanallaridagi reklamalar undagan:

- 50 mingdan ortiq investori bor edi. RBK telekanali FOREX MMCIS ni juda ko‘p reklama qilardi. Treyderlarni chaqirib¸ juda ko‘p suhbatlar qilardi. Hamma bularning faoliyati qonuniyligiga ishongan¸ litsenziyasi bor deb aytishardi¸ deydi Azizbek.

FOREX MMCIS nafaqat Rossiya telekanallari¸ balki sobiq ittifoq hududida ham keng reklama qilingan shirkatlardan bo‘lgan. Xususan¸ uz domendagi qator yarim rasmiy saytlarda ham o‘zbekitonliklarni FOREX MMCIS kabi yetuk mutaxassislar ishlovchi shirkat orqali xorij valyutalari o‘rtasidagi farqdan katta daromad qilishga undovchi¸ bu guruh uyushtirayotgan treninglarda qatnashishga taklif qiluvchi maqolalar bosilgan.

Azizbekning ta‘kidicha¸ o‘z tanish-bilishlari orasida bunday reklamaga ishonib¸ moliyaviy brokerlar to‘riga ilinganlar anchagina:

- Hozir bilasiz¸ odamlar Internetda ko‘p o‘tiradi. Bizning davrada bitta odam bilgan¸ keyin hammaga tarqab¸ ko‘pchilik investitsiya qilgan. Man bitta ukaxonimizni bilaman¸ mashinasini sotib¸ 18 700 dollarini shundoqqinaFOREX MMCISga tashlagan. U bolaning puli qopketdi endi. Shunaqa chuv tushgan tanishlarim juda ko‘p Toshkentda. Hammasi kuyib qoldi¸ kimga murojaat qilishni bilmayapmiz¸ deydi Azizbek.

Joriy yilning avgust oyida FOREX MMCIS o‘z mijozlariga pullarini qaytarib berishni paysalga sola boshlaganidan so‘ng¸ ijtimoiy tarmoqlardabu shirkatning navbatdagi moliyaviy firibgarlar piramidasi ekani haqidagi fikrlar ko‘payib ketdi. Oqibatda yuzaga kelgan sarosima ortidan mijozlarning aksariyati o‘z pulini qaytarib olish harakatini boshladi. Ammo FOREX MMCIS pulni qaytarib olish uchun mijoz shaxsini aniqlash iddaosi bilan mutlaq kurakda turmaydigan shartlar qo‘yib¸ vaqtdan yutishga urindi. Nihoyat noyabr oyining 10-kuniga kelib¸ shirkat o‘z saytidagi butun faoliyatni FOREX MMCIS guruhi prezidenti Roman Komшsa bayonoti bilan tugatdi.

Unda uzoq yillar “halol ishlab¸ mijozlariga astoydil xizmat ko‘rsatib kelgan shirkat”ning Dengi Onlayn kabi o‘rtakash guruhlar firibgarligi qurboni bo‘lgani iddao qilindi.

Hozirda butun boshli saytda ana shu bayonot¸ qolaversa shirkatning Rossiya Bosh prokurori Yuriy Chayka nomiga yozgan murojaat arizasi matniga linkdan boshqa hech narsa yo‘q.

Bosh prokuror nomiga yozilgan maktubda FOREX MMCIS rahbari o‘zining moliyaviy firibgarlik qurboni ekanidan shikoyat qilib¸ ularni jazoga tortishni so‘ragan.

Ozodlik bilan suhbatda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati¸ FOREX MMCIS prezidentining bunday murojaati mamlakat qonunlariga monand emasligini bildirdi:

- Gap shundaki¸ Rossiya Bosh prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atish bilan shug‘ullanmaydi. Prokuratura tergov jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bizning qonunlarga ko‘ra¸ jinoiy ish qo‘zg‘ash bu Tergov qo‘mitasi vakolatiga kiradi va shu bois bunday so‘rovlar ham ana shu qo‘mitaga qilinishi lozim. FOREX MMCIS bo‘yicha qandaydir jarayon borligidan bexabarman¸ dedi prokuratura matbuot xizmati xodimasi.

O‘z mijozlariga yiliga 100 foizlik daromad va‘dasi bilan 2007 yilda Rossiyada ish boshlagan FOREX MMCIS¸ TOP20 deb nomlagan mexanizm orqali xususiy investorlarnio‘ziga jalb qilishga kirishdi.

Rossiya poytaxtidagi ijarasi eng qimmat Moskva siti biznes markazidagi muhtasham ofis¸ qimmat reklamalar va bu reklamalarga mashhur san‘at arboblari va shou biznes yulduzlarinini jalb etish orqali FOREX MMCIS o‘zini jiddiy va ishonchli shirkat sifatida taqdim etishga muvaffaq bo‘ldi. Tahlilchilarga ko‘ra¸ bu shirkat to‘riga asosan o‘ziga to‘q odamlar ilingan.

Bugunga kelib ayon bo‘lishicha¸ FOREX MMCIS ham eng boshda aldangan mijozlar pulidan yangilariga bir muddat to‘lab¸ o‘ziga butun boshli qurbonlar zanjirini yig‘ib¸ so‘ngra bir kechada g‘oyib bo‘ladigan moliyaviy piramidaning o‘zidir.

Ro‘yxatga olingan joyi Grenadin oroli¸ pochta manzili esa Qibris deb ko‘rsatilgan FOREX MMCIS sheriklari ham Panama va Virjiniya orollari kabi offshor hududlarida ro‘yxatga olingan¸ ammo asl egasi va manzilini birov bilmaydigan shirkatlardir.

Butun faoliyati ana shunday firibgarlik ustiga qurilgan FOREX MMCIS shirkatining sirli egalari¸ aldangan mijozlarning milliardlab dollarini o‘zlashtirib¸ g‘oyib bo‘lar ekan¸ kuzatuvchilarga ko‘ra¸ Rossiya qonunchiligida maxsus qoldirilayotgan bo‘shliqdan unumli foydalangan.

Yillardan beri bunday piramidalar istaganida tug‘ilib¸ istaganida g‘oyib bo‘layotgan Rossiyada hozirga qadar xorij valyutasi bilan oldi-sotdi qiluvchi foreks shirkatlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun yo‘q. Taklif qilingan qonun loyihasi esa Davlat dumasi tomonidan qabul qilinmay kelinmoqda. Bunday vaziyatda esa¸ tahlilchilarga ko‘ra¸mijoz sarmoyalari xavfsizligini hech kim kafolatlamaydi va ular chuv tushganda¸ bundaylarga qonuniy haq berilmagani bois¸ ularni hech kim himoya ham qila olmaydi.

Shu bois¸ mutaxassislar fikricha¸ ayni kunlarda o‘z sarmoyalari qaytarilishi talabi bilan petitsiya yig‘ayotgan FOREX MMCIS sarmoyachilari urinishlaridan natija chiqishiga deyarli umid yo‘q.

Ozodlik bilan suhbatda chuv tushganlardan biri Azizbek¸ o‘z pulini qaytarib olishdan umidini uzganini ayta turib¸ o‘zbekistonliklarni qisqa muddat ichida ulkan daromad qilishga undovchi shirkat va ular reklamalaridan ogoh bo‘lishga chaqiradi.

XS
SM
MD
LG