Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:00

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Ozodlikning Baku byurosini yopib qo‘ydi


Ozarbayjon Bosh prokuraturasining Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha maxsus idorasi Ozodlikning Baku byurosiga eshigiga o‘z muhrini bosib ketdi.
Ozarbayjon Bosh prokuraturasining Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha maxsus idorasi Ozodlikning Baku byurosiga eshigiga o‘z muhrini bosib ketdi.

Ozod Yevropa va Ozodlik radiosining Baku byurosi Ozarbayjon Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan 26 dekabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma reyd nihoyasida yopildi.

Huquq tizimlarining yigirmadan ortiq vakili ishtirok etgan reyd davomida Ozodlik byurosining ishga taalluqli hujjatlari saqlangan seyf¸ shuningdek kompyuter va rasmiy muhrni musodara qilindi.

Reyd oxirida Ozodlikning Baku byurosi eshigi muhrlanib¸ qulf solindi.

Озарий полицияси Озодликнинг Баку бюроси ҳужжатларини мусодара қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00

Ozodlikning Ozarbayjon xizmati direktori Kenan Aliyevga ko‘ra¸ tintuv juma kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 larda boshlangan.

Byuroda ishlayotgan muxbir va hamkorlari avvaliga bir necha soat bitta xonada ushlab turilgan¸ reyd so‘nggida ularning aksariyati qo‘yib yuborilgan¸ ayrimlari esa so‘roqqa chaqirtirilgan; reyd boshlanishi bilan byurodagi telefon va Internet aloqasini butunlay uzib qo‘yilgan.

Озарий прокурорлари Озодликнинг Баку бюросида рейд ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:25 0:00

Reydning qaysi asos va nima sababdan o‘tkazilayotganiga qisqa izoh bergan prokuratura xodimlari¸ bu harakatning Ozod Yevropa/Ozodlik radiolari Ozarbayjon xizmati ustidan xorijdan moliyalanayotgan yuridik shaxs sifatida borayotgan tergov bilan bog‘liq ekani va bu reyd mahkama buyrug‘i asosida o‘tkazilayotganini bildirgan.

O‘tgan oylar davomida Ozarbayjon prokurorlari mamlakatdagi xorij idoralari deb atalayotgan qator guruhlar¸ xususan¸ IREX, Milliy demokratik institut va Oxfam kabi nohukumat tashkilotlari idorasida tintuv-tekshiruv amaliyotlari o‘tkazmoqda.

Bunday reydlardan so‘ng bu uchala tashkilot faoliyati sud qarori bilan butunlay yopildi. Xususan¸ dunyoning 125 davlatida demokratik islohotlarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanayotgan IREX, sentabr oyida ozariy tergovchilari ochgan “jinoiy ish” davomida bank hisoblari muzlatilib¸ o‘z ishini to‘xtatishga majbur bo‘lgan so‘nggi guruh bo‘ldi.

Ozodlikning Baku byurosida o‘tkazilgan reyd radioning surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha tanilgan hamkori Xadicha Ismoilova kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ayblar ortidan hibsga olinganidan uch hafta o‘tib amalga oshirildi.

Hozirda ikki oylik hibsda saqlanayotgan Ismoilova Ozodlikning sobiq hamkorini o‘z joniga qasd qilish holatiga olib borganlikda ayblanmoqda.

Ismoilovani yaxshi bilganlar uning siyosiy motivlarga ko‘ra hisbga olinganini ta‘kidlamoqda. Xususan¸ Xalqaro Amnistiya tashkiloti Ismoilovaning faqatgina erkin fikr bildirish haqqidan foydalanishga jazm etgani uchun jazolangani haqida bayonot tarqatdi. Ismoilova¸ prezident Ilhom Aliyevning qizlari mamlakatdagi serdaromad biznes¸ xususan telekom bozorini qanday qilib o‘z nazoratiga olganini ko‘rsatuvchi maxsus jurnalistik tekshiruv muallifidir.

17 dekabr kuni Baku shahar prokuraturasi Ozodlik byurosi ma‘muriyatiga Ismoilova va mazkur ishdagi ikkinchi figurantning radio bilan hamkorlik va oyligi haqida ma‘lumot berish talab qilingan maktub yuborgan.

Prokuratura shuningdek¸ byuroda ishlaydiganlar va radio hamkorlarining ro‘yxatini taqdim qilishni ham so‘ragan.

Dekabr oyi boshlarida Ozarbayjon prezidenti ma‘muriyati rahbari Ramiz Mehdiyev 60 sahifalik bayonot e‘lon qilib¸ Xadicha Ismoilovani “ozariy jamiyatining tanilgan namoyandalariga qarshi xusumat”da¸ Ozodlikning Baku byurosini esa¸ “xorij maxsus xizmatlariga ishlash”da ayblagan edi.

Mehdiyev shuningdek¸ prezident Ilhom Aliyevning inson haqlarini toptash siyosatini keskin tanqid qilib kelgan jurnalistlar¸ xususan¸ Tinchlik va demokratiya instituti direktori Laylo Yunusning hisbga olinishini olqishlagan edi.

59 yashar Laylo Yunus va uning eri Orif iyul va avgust oylarida ketma-ket hibsga olindi va hozirda ularga vatanga xiyonat kabi qator og‘ir ayblar qo‘yilmoqda.

Qandli diabet va buyrak xastaligiga chalingan Laylo Yunus hibsxonada o‘zining jismonan qiynoqqa solinayotgani va tibbiy yordamdan mosuvo qolayotgani haqida shikoyat qildi. Uning himoyachilariga ko‘ra¸ Yunusning salomatligi o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

AQSh Davlat kotibi yordamchisi Tom Malinovskiy o‘tgan hafta Ozodlikka Laylo va Orif Yunuslar¸ Xadicha Ismoilova va boshqa mustaqil jurnalist va huquq himoyachilarining hibsga olinishi yuzasidan Ozarbayjon rasmiylari bilan “juda jiddiy so‘zlashuvlar” borayotganini bildirdi.

Malinovskiyga ko‘ra¸ Vashington Baku hukumatiga “fuqaroviy jamiyatini bostirish orqali o‘zaro munosabatlarni tahlika ostida qoldirganlari haqida” aniq-tiniq mujda yo‘llagan.

XS
SM
MD
LG