Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:55

Boku politsiyasi Ozodlik jurnalistlariga nisbatan kuch qo‘llamoqda


28 dekabr kuni Ozod Yevropa va Ozodlik radiosi Boku byurosining uch xodimi prokuraturaga kuch bilan olib ketildi. Advokatlar Ozarbayjon hukumatini radio muxbirlariga nisbatan misli ko‘rilmagan darajada qo‘rqitish va vahimaga solish taktikasini qo‘llayotganlikda ayblamoqda.

28 dekabr kuni politsiya kuch qo‘llaganlardan biri Ozodlikning Boku byurosi jurnalisti Kamran Mahmudovdir.

Kamranning rafiqasi Latifa politsiya erini hatto ustki kiyimlari va tuflisini ham kiyishga imkon bermagan holda kuch bilan olib ketgani haqida aytdi.

Ozodlikning Boku byurosi xodimi, rus tilidagi sayt muharriri Chingiz Sultonsoy va byuroda farrosh bo‘lib ishlaydigan Matanat Abdinova ham yakshanba kuni politsiya tomonidan kuch bilan olib ketilgan.

Yakshanba kuni radioning jami to‘rt xodimi prokuraturaga chaqirtirilgan. Shanba kuni ham byuroning bir necha jurnalisti, shu jumladan, to‘liq kontrakt asosida ishlovchi xodimlari prokuraturaga so‘roqqa chaqirtirilgan. Dushanba kuni yana sakkiz jurnalistning so‘roqqa chaqirtirilishi aytilgan.

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Ozarbayjon xizmati rahbari Kenan Aliyevga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida jami 12 nafar jurnalist prokuraturaga so‘roqqa chaqirtirilgan.

Radio jurnalistlari agar ular prokuraturaga o‘z xohishi bilan bormasa, ularga nisbatan kuch qo‘llanilayotganidan shikoyat qilishdi.

Jurnalistlarning birortasi prokuraturadagi so‘roq payti advokat bilan ta‘minlanmagan.

Advokatlarga ko‘ra, Ozodlik jurnalistlarini prokuraturaga chaqirish payti mamlakat qonunlari qo‘pol ravishda buzilmoqda.

"Jurnalistlarni kuch ishlatib va tazyiqlar bilan prokuraturaga olib borishmoqda. Hukumat ularning himoya olish huquqidan mahrum qilmoqda. Ozorbayjon qonunlariga ko‘ra, guvohlar advokat bilan ta‘minlanishi uchun ular telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib chaqirtiriladi yoki rasmiy chaqiruv qozog‘i yuboriladi", dedi jurnalistlarning advokatlaridan biri ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Bokudan olingan xabarlarga ko‘ra, politsiya advokat bilan ta‘minlashni talab qilgan jurnalistlarga nisbatan tazyiq qilgan.

Озарий полицияси Озодликнинг Баку бюроси ҳужжатларини мусодара қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:50 0:00

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi rahbarlaridan biri Nenad Peich Ozarbayjon hukumatini radio jurnalistlari va ularning oila a‘zolariga nisbatan bosim qo‘llab, ularni qo‘rqitayotganlikda aybladi.

26 dekabr kuni radio ofisida Ozarbayjon Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tintuv o‘tkazgan va byuroning bir qancha xodimini so‘roq qilgan edi.

Hukumatdagi "Eni Ozarbayjon" partiyasi a‘zosi Siyavush Navro‘zov, radio byurosida o‘tkazilgan reydni oqlar ekan, buni milliy xavfsizlik bois amalga oshirilganini ta‘kidladi.

"Xalqaro maxsus xizmatlar bilan ishlaydigan har qanday tashkilotda tintuv o‘tkazilishi lozim", dedi Siyavush Navro‘zov.

Huquq tizimlarining yigirmadan ortiq vakili reyd davomida Ozodlik byurosining ishga taalluqli hujjatlari saqlangan seyf¸ shuningdek, kompyuter va rasmiy muhrni musodara qildi.

Prokuratura xodimlari bu harakatning Ozod Yevropa/Ozodlik radiolari Ozarbayjon xizmati ustidan xorijdan moliyalanayotgan yuridik shaxs sifatida borayotgan tergov bilan bog‘liq ekani va bu reyd mahkama buyrug‘i asosida o‘tkazilayotganini bildirdi.

Mahalliy matbuot "josuslikni barham toptirish uchun byuroni yopish zarurligi" haqida yozdi.

Parijdagi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Ozod Yevropa va Ozodlik radiosining Boku byurosiga qilingan reydlarni mamlakatda erkin matbuot va plyuralizmni yo‘q qilishga urunish deya, qoraladi.

AQSh ham Ozodlik radiosi Ozarbayjon xizmatining Bokudagi byurosidagi reydlar yuzasidan xavotir bildirdi.

Озарий прокурорлари Озодликнинг Баку бюросида рейд ўтказди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:25 0:00

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotiga ko‘ra, hozirda kamida 15 nafar jurnalist, jumladan, Ozodlik bilan hamkorlik qilib kelgan taniqli ozarbayjonlik jurnalist Hadicha Ismoilova qamoqda qolmoqda.

26 dekabr kuni Boku sudi Ismoilovaga belgilangan ikki oylik qamoq jazosini uy qamog‘iga o‘zgartirish haqida jurnalist advokatlarining so‘rovini rad etdi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining 2014 yil bo‘yicha matbuot erkinligi indeksida Ozarbayjon 180 mamlakat orasida 160-o‘rinda turibdi.

XS
SM
MD
LG