Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:40

Parlament saylovining yakuniy natijalari e‘lon qilindi


O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Oliy majlis Qonunchilik palatasiga o‘tgan saylovlarning yakuniy natijalarini e‘lon qildi.

5 yanvar kuni e‘lon qilingan rasmiy ma‘lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi 52 ta mandat bilan parlament quyi palatasida eng ko‘p o‘rin egallagan.

Oliy majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36 ta, Xalq demokratik partiyasi 27 ta, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 20 ta, O‘zbekiston ekologik harakati esa, oldindan belgilanganidek, 15 ta o‘ringa ega bo‘ladi.

Saylangan 150 deputatning 24 nafari yoki 16 foizi xotin-qizlar ekani aytilmoqda.

Deputatlarning 110 nafari yoki 73 foizi ilk bor Qonunchilik palatasiga deputat etib saylanganlardir.

Eslatamiz, O‘zbekiston partlamentining Qonunchilik palatasiga saylovlar 21 dekabrь kuni bo‘lib o‘tgan edi.

22 ta saylov okrugida nomzodlarning hech biri deputatlik mandatini olish uchun yetarli ovoz jamg‘arolmagani tufayli 4 yanvar kuni bu okruglarda qayta saylov o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG