Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:47

Pastdarg‘omda militsiya zobiti o‘zini osdi


Shu yilning 28 noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumani IIB huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 30 yashar Oybek Mamarahimov o‘z joniga qasd qildi.

Shu yilning 28 noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumani IIB huquqbuzarlikning oldini olish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 30 yashar Oybek Mamarahimov o‘z joniga qasd qildi.

Uning jasadi o‘zi yashaydigan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Go‘zalkent qo‘rg‘onidagi xonadonidan topildi. Bu haqda xabar qilgan “Ozodlik” tinglovchisiga ko‘ra, Oybek va uning yana bir hamkasbi shu tariqa o‘z joniga qasd qilgan.

“Kecha tushdan keyin 3-4 ta militsiya xodimi Go‘zalkentga Oybekning ishxonasidan kelishgan ekan. Ular nimalarnidir razbor qilishibdi. Ertalab tongda uning xonadonida yig‘i ovozi eshitildi. Keyin bilsak, Oybek o‘zini osib qo‘yibdi. Bugun tushga yaqin Nuroboddda yashovchi yana bir militsiya xodimi, ya’ni Oybek bilan birga ishlaydigan yigitning o‘z joniga qasd qilganini aytishmoqda. Hozir to‘polon bo‘lib ketgan, hamma yoqni oblprokurotura, melisa bosgan” deydi “Ozodlik” manbasi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oybek Mamarahimovning o‘limi yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tekshiruv olib bormoqda. Ichki ishlar idoralarida 7 yil xizmat qilgan oliy ma’lumotli bu yigitning bir nafar farzandi bor edi.

Samarqand viloyati prokuraturasi va IIBning navbatchilik qismi “Ozodlik”ning militsiya xodimlarining o‘z joniga qasd qilishi voqeasi yuzasidan bergan savollarini javobsiz qoldirdi.

Nurobod tumanida joniga o‘zini osish bilan qasd qilgan boshqa militsiya xodimining shaxsiga aniqlik kiritish imkoni bo‘lmayapti.

XS
SM
MD
LG