Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:32

“Eldar Ryazanov ishlagan kinolar o‘zbeklarga qadrdon bo‘lib ketgan edi”


“Avtomobildan saqlaning”, “Qaroqchi chollar”, “Ishdagi ishq”¸ “Taqdir hazili yoki qushday engil bo‘ling” va “Ikki kishi uchun vokzal” kabi kinolari o‘zbek tomoshabinlari tarafidan sevib ko‘rilgan kinochi Eldar Ryazanov 29 noyabr kuni 89 yoshida Moskvada olamdan o‘tdi. Eldar Ryazanov 21 noyabrda “miyada qon aylanishining keskin buzilishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

“Avtomobildan saqlaning”, “Qaroqchi chollar”, “Ishdagi ishq”¸ “Taqdir hazili yoki qushday engil bo‘ling” va “Ikki kishi uchun vokzal” kabi kinolari o‘zbek tomoshabinlari tarafidan sevib ko‘rilgan kinochi Eldar Ryazanov 29 noyabr kuni 89 yoshida Moskvada olamdan o‘tdi. Eldar Ryazanov 21 noyabrda “miyada qon aylanishining keskin buzilishi” tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

Ertakchining o‘limi


SSSR Xalq artisti bo‘lgan Eldar Ryazanovning o‘limi haqida rossiyalik publitsist Viktor Shenderovich qayg‘u bilan gapirar ekan¸ ayni paytda marhum suratga olgan 30dan ortiq kino asarlarining o‘lmasligini alohida ta’kidladi:

- Qancha quvonch ato qilgan edi bizga uning filmlari! Albatta, bu har yili yangi yil bayramida takror qo‘yiladigan “Taqdir hazili yoki qushday engil bo‘ling” filьmi. Ammo men uchun u suratga olgan “Avtomobildan saqlaning” kinosi doimo eng muhim bo‘lib qolaveradi. Mo‘’jizaviy va qaysidir ma’noda kechirimli davron aks etgan bu lentada. Go‘ëki bu davrda¸ Detochkin va Podberezovikov yana sal tirishsa, ëmonlik ustidan ezgulik g‘alaba qozonajakdek tuyulaveradi. Aktrisa Sokolova ijrosidagi sovet sudyasining qiyofasi ërug‘ va iloxiydek ko‘rinadi. Ryazanov ertaklarni suratga olishni uddalar edi. Zotan u ezgulik g‘alabasiga ishonar edi¸- deydi Viktor Shenderovich Ozodlik bilan suhbatda.

Podsholar siylagan va podsholarni taniqd qilgan kinochi


Eldar Ryazanovning asarlarini SSSR rahbarlaridan biri Leonid Brejnev ham sevib tomosha qilgani eslanadi.

1976 yili Leonid Brejnev KPSSning 25 qurultoyida Ryazanovning “Taqir hazili yoki qushday engil bo‘ling” filmi misolida bir xil shaklda uy quradigan sovet quruvchilariga dakki bergan edi.

Ayni paytda marhum san’atkor sobiq KGB ofitseri Vladimir Putin asos solgan toqatsiz tuzumdan norozi bo‘lgan va noroziligini ochiq izhor etib kelayotgan ziyolilardan biri edi.

Eldar Ryazanov Rossiyaning Ukrainaga hujumi tanqid qilingan maktubga imzo chekkan kino arboblaridan biri bo‘lgan edi.

Eldar Ryazanov Rossiyaning marhum prezidenti Boris Eltsin bilan yaqin va do‘stona aloqada bo‘lgan esa-da¸ uning vorislik masalasidagi qarorini tanqid qilib kelgan:

"Men Eltsinning juda ko‘p amallarini oqlayman, ammo bir narsani kechirolmayman. Bu uning o‘ziga mana shu merosxo‘rni (Putinni) tanlagani… U tarix chetga surib axlatga irg‘itgan qatlam, ya’ni o‘sha baxil, qo‘rqinchli va ichiqoralarni yuzaga olib chiqdi. Bu odamlar ortida qatl qilingan olomon bor… mana men nima uchun kechirolmayman Eltsinni", degan edi u.

Kinolari o‘zbekcha gapirgan san’atkor


Eldar Ryazanov suratga olgan 30ga yaqin kinofilm o‘zbek tiliga dublyaj qilingan.

“Bu asarlar allaqachon o‘zbeklarga qadrdon bo‘lib ketgan edi. O‘zbeklar yod olgan edi bu kinolardagi replikalarni. Detochkinga ozodlik degan replikani eslang. Mening ustozim Temurmalik aka Yunusov ham o‘ynagan “Ikki kishi uchun vokzal” kinosi esa qalbimning eng to‘ridan joy olgan”¸ deydi hozir AQShda yashayotgan o‘zbek kino va teatr artisti Sodiq Mamajonov Ozodlik bilan suhbatda.

XS
SM
MD
LG