Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 12:05

Rossiyada 9 oyda kambag‘allar 2,3 million kishiga ko‘paydi


Joriy yilning yanvaridan sentyabr oyigacha Rossiyada kambag‘allar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 million 300 ming kishiga ko‘paydi.

Payshanba kuni Rossiya statistika qo‘mitasi hisobotida mana shunday raqam keltirildi. Statistika qo‘mitasining ta’kidlashicha, hisobotga 2014 yil martida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim bo‘yicha raqamlar kiritilmagan.

Hisobotda qayd etilishicha, bugungi kunda Rossiyada qashshoqlar soni 20 million 300 ming kishiga etdi. Bu esa mamlakat aholisining 14,1 foizini tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG