Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:16

Yamanda sulh bitimi kuchga kirishi kutilmoqda


Bugun Yamanda tushdan keyin sulh kuchga kirishi kerak. Bu voqea Shveytsariyadagi tinchlik muzokaralari boshlanishiga to‘g‘ri keldi.

Isyonchi xutiylar va tarafdorlariga qarshi chiqayotgan hamda prezident Abd-Rabbu Mansur Hodiy hokimiyatini tiklash maqsadida bo‘lgan Saudiy Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya bu boradagi rasmiy bayonotida otashkesim tartibi buzilgan taqdirda “javob choralarini ko‘rish huquqi”ni saqlab qolishini qayd etgan.

Hujjatda sulh Shveytsariyadagi muzokaralar boshlanishiga parallel ravishda 15 dekabrdan 21 dekabrgacha amalda bo‘lishi va qarshi tomon rozi bo‘lgan taqdirda avtomatik ravishda uzaytirilishi haqida aytilgan.

Yamanda 9 oydan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlar chog‘ida olti mingdan ziyod odam nobud bo‘lgan. BMTning tomonlarning sulhga erishishi yo‘lida amalga oshirgan avvalgi urinishlari natijasiz yakunlangan. Mamlakatda xaos va gumanitar bo‘hron hukm surmoqda.

To‘qnashuvdan foydalangan “Islomiy davlat” guruhi va ularning “Al-Qoida” mahalliy qanotidan bo‘lgan ittifoqchilari Yaman janubi va sharqidagi hududlarni egallab olgan.

Jangarilar Adanda ham o‘z ta’sirini kuchaytirishga muvaffaq bo‘lganlar. O‘tgan hafta “Islomiy davlat” guruhi 6 dekabr kuni Adan viloyat gubernatori va uning tansoqchilari o‘limi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgandi.

XS
SM
MD
LG