Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:02

CPJ: Bu yil dunyoda qamoqqa tashlangan jurnalistlar soni 199 nafarga tushdi


Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) 2015 yilgi hisobotini e’lon qildi va Xitoy hamda Misr dunyoning jurnalistlarni qamovchi eng yomon davlatlari, deb ta’rifladi.

Hisobotda yakunlanayotgan yilda qamalgan jurnalistlar soni so‘nggi uch yil ichida qayd etilgan ko‘rsatkichlardan biroz tushgani aytildi.

Qarorgohi Nyu Yorkda joylashgan qo‘mita 15 dekabr kuni e’lon qilgan hisobotida dunyo bo‘ylab 199 jurnalist kasbiy faoliyati uchun qamoqda saqlanayotgani, o‘tgan yili esa bundaylar soni 221 nafar bo‘lgani qayd etilgan.

1 dekabrgacha to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy 49, Misr 23, Eron 19, Eritreya 17 va Turkiya 14 nafar jurnalistni qamoqda saqlamoqda.

Hisobotda sobiq sovet o‘lkalari orasida 8 jurnalistni qamoqqa tashlagan Ozarboyjon yetakchilik qilayotgani aytilgan. O‘zbekistonda esa 4 nafar, Rossiya, Qirg‘iziston va Turkmanistonda esa bir nafardan jurnalist qamoqqa tashlagan, deb qayd etildi ushbu hisobotda.

XS
SM
MD
LG