Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 10:43

Turkiya Iroq shimolidan qo‘shinlarini olib chiqishini e’lon qildi


Turkiya Iroq shimolidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishini e’lon qildi.

Turk armiyasi u yerda joylashgan Kurdiston Ishchilar Partiyasi (PKK) ayirmachilariga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazayotgan edi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligining shanba kuni e’lon qilgan bayonotida "Iroq tomonining og‘riqli munosabatini inobatga olib, Turkiya Mosul viloyatiga joylashtirilgan qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha boshlatilgan jarayonni davom ettiradi," deya ta’kidlanadi.

Juma kuni AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan telefon muloqoti chog‘ida undan Iroqdagi barcha qo‘shinlarini olib chiqishni so‘ragandi.

Turkiya qo‘shinlari mamlakat hududiga davomli kirib turuvchi kurd ayirmachilariga qarshi amaliyot boshlar ekan Anqara va Bag‘dod o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgandi.

Turkiyani Iroq hududiy yaxlitligini buzishda bir necha bor ayblagan Bag‘dod ushbu masalani BMT Xavfsizlik Kengashiga olib chiqish niyatini bildirgandi.

XS
SM
MD
LG