Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:40

Indoneziyada yo‘lovchi kemasi halokatga uchradi


Indoneziyaning Sulavesi oroli yaqinida bortida 100 dan ziyod odam bo‘lgan yo‘lovchi kemasi halokatga uchradi. Bu haqda Royters agentligi xabar tarqatdi.

Kema ichida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 108 nafardan 122 nafargacha kishi bo‘lgan. Halokat sabablari hozircha ochiqlanmayapti.

Aytilishicha, Kolaka bandargohidan chiqqan kema Janubiy Sulavesi viloyatiga ketayotgan bo‘lgan.

Bu orada mahalliy nashrlar kema hali to‘laligicha cho‘kib ketmagani, halokat sodir bo‘lgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari ketayotgani haqida yozmoqdalar.

XS
SM
MD
LG