Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 10:12

Sloveniyaliklar hamjins nikohlarni qonuniylashtirish taklifini rad etdilar


Sloveniyada bo‘lib o‘tgan referendumda fuqarolar hamjins nikohlarning mashru’lashishiga qarshi ovoz berdilar.

Saylov komissiyasi byulletenlarning 99 foizini qayta ishlaganidan so‘ng ovoz berganlarning qariyb 63,5 foizi hamjins nikohlar qonuniylashishiga qarshi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, referendumda saylov uchastkalariga ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning 35,65 foizi kelgan.

Mart oyida Sloveniya parlamenti mamlakatda hamjins nikohlarni mashru’lashtirishni yoqlab ovoz bergan, biroq mazkur qonun loyihasiga qarshi bo‘lganlar bu masalaning referendumga olib chiqilishiga muvaffaq bo‘lgandilar.

Hozirgi paytda dunyoning 18 ta mamlakatida hamjins nikohlar qonuniylashgan. Bu mamlakatlarning 13 tasi Evropa davlatlaridir.

XS
SM
MD
LG