Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:44

OzodWiki Bashar Asad mansub bo‘lgan alaviylar to‘g‘risida


Ozodlikning ma’rifiy dasturi - OzodWiki Suriyada kechayotgan voqealarni yaxshiroq tushunish uchun bu mamlakatda yashaydigan turli millatlar to‘g‘risidagi, ularning diniy e’tiqodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish va ularni Siz tinglovchi bilan o‘rtoqlashishga qaror qilgan va birinchi eshittirish suriyalik turkmanlarga bag‘ishlangan edi.

Bugungi eshittirish suriyalik alaviylar (nusayriylar) to‘g‘risida.

„Nusayriy“ atamasi Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy nomidan kelib chiqqan. Nusayriylarning asosiy aqidasi —Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirish bo‘lgani uchun ular „alaviylar“ deb ham ataladilar. O‘zbek tilida „nusayriylar“ atamasi „alaviylar“ atamasidan ko‘proq qo‘llanilsa-da, ayrim tillarda, jumladan, ingliz tilida „nusayriylar“ so‘zi ba’zan salbiy ma’noda ishlatiladi. Xususan, Suriya prezidenti Bashar al-Assadga qarshi kurashuvchi sunniy guruhlar nusayriylarning diniy qarashlari ilohiy emas, balki „inson tomonidan o‘ylab topilgani“ga ishora qilish maqsadida „nusayriy“ atamasidan salbiy ma’noda foydalanadilar”.

Nusayriylar to‘g‘risidagi bu ma’lumotni O‘zbekcha Vikipediyaning quyidagi maqolasidan oldik.

Nusayriylar yoki alaviylar to‘g‘risida gapirib berishni o‘zbekistonlik diplomatdan iltimos qildik. Sobiq SSSRning Suriyadagi hamda Iroqdagi elchixonalarida ishlagan Toshpo‘lat Yo‘ldoshev bilan suhbatimiz rejamiz doirasidan tashqariga chiqib ketdi : suhbat alaviylar to‘g‘risidagina emas, balki Suriyadagi urush sabablari hamda muhtamal oqibatlari to‘g‘risida bo‘ldi:

Toshpo‘lat Yo‘ldoshev alaviylar va Suriyadagi vaziyat haqida:

XS
SM
MD
LG