Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:22

Dushanbeda o‘zbek va tojik diplomatlarining siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi


Bugun Dushanbeda Tojikiston va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirliklarining siyosiy maslahatlashuvlari boshlanadi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, maslahatlashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev yetakchilik qiladi.

Tomonlar 24-25 dekabr kunlari ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Shuningdek, o‘zbek va tojik diplomatlari Tojikiston bilan ham, O‘zbekiston bilan ham chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston shimoliy viloyatlaridagi keskinlashayotgan ahvolni e’tiborga olgan holda, mintaqadagi vaziyat bo‘yicha fikr almashishi aytilmoqda.

Dastavval ikki mamlakat diplomatlarining siyosiy maslahatlashuvlari 17-18 dekabr kunlariga belgilangandi. Keyinroq bu tadbir muddati kechroqqa qoldirildi.

Payshanba va juma kunlari Dushanbe shahrida o‘tadigan siyosiy maslahatlashuvlar O‘zbekiston va Tojikiston diplomatik aloqa o‘rnatgan 1992 yildan beri ikki davlat diplomatlari o‘rtasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan maslahatlashuvlardir.

XS
SM
MD
LG