Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 19:47

Kvirikashvili Gruziya Bosh vazirligiga prezident tomonidan tasdiqladi


Gruziya Prezidenti Georgiy Margvelashvili mamlakatning yangi bosh vaziri lavozimiga Georgiy Kvirikashvili nomzodini tasdiqladi va bu nomzodni parlament ham tasdiqlashiga ishonch bildirdi.

Hozirda Gruziya tashqi ishlar vaziri lavozimida bo‘lgan Georgiy Kvirikashvili prezidentning ushbu e’lonidan so‘ng matbuotga bergan intervyusida yaqin kunlar ichida yangi parlament tarkibi bo‘yicha o‘z qarorini ma’lum qilishi haqida gapirdi. Kvirikashvili parlament tarkibida katta o‘zgarish bo‘lmasligini ham ta’kidladi.

48 yoshli Kvirikashivili hukumron «Gruziya orzusi” koalitsiyasidan nomzodlikka ko‘rsatildi. “Gruziya orzusi” hukmron koalitsiyasi rahbari Giya Volskiyning 24 dekabr kuni ma’lum qilishicha, Kvirikashvili 4 potensial nomzod orasidan tanlab olingan.

Parlament deputati bo‘lgan Kvirikashvili 2012 yilda iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlangan, 2015 yil sentyabridan tashqi ishlar vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Gruziya Bosh vaziri Garibashvili 23 dekabrda iste’fo bergan edi. Garibashvili hukumatining iste’fosi sabablari ochiqlanmayapti. Ayni paytda ko‘pchilik bu iste’foning o‘zi uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG