Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:12

“Exo Moskvi" saytidan Shenderovich dasturi olib tashlandi


Bugun “Exo Moskvi" radiosining saytidan taniqli publitsist va jurnalist Viktor Shenderovichning "Osoboe mnenie" radio dasturi olib tashlandi.

Shenderovichning Feysbukdagi sahifasi orqali yozishicha, juma kuni ertalab sayt muharriri haqoratli so‘zlar ko‘p qo‘llanilgani sabab dastur olib tashlanganini yozgan.

Jurnalistning o‘zi dastur davomida haqoratli so‘zlar ishlatilganini inkor qilib, “Men Putinni sariq baliq yoki chuvalchang deb ataganim yo‘q”, deya yozdi. Unga ko‘ra, sayt muharrirlari ayni mazmundagi haqoratlar oldini olishga harakat qilishayapti.

Shenderovich “Exo Moskvi" bosh muharriridan dasturning olib tashlanishiga izoh kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Hozircha “Exo Moskvi” bu borada biror izoh bermadi.

Viktor Shenderovich Vladimir Putin rejimining ashaddiy tanqidchilaridan biri sifatida tanilgan.

Shenderovich o‘z chiqishlarida Rossiyaning Ukrainaga qarashli Qrimni bosib olganini, Ukraina sharqida separatchilarni qo‘llab-quvvatlaganini muntazam qoralab kelayapti.

XS
SM
MD
LG