Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:03

"O‘zbekkino" industriyasiga ilk marta artist rahbar bo‘ldi


«Devona farishta», «Qo‘rg‘oshin» va «Jodugar» filmlarida o‘ynab tanilgan artist Otabek Musaev «O‘zbekkino» Milliy agentligi raisi etib tayinlandi. Otabek Musaev agentlikning bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Ahmadjon Umarov o‘rniga keldi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan kinomunaqqid Shoira Nabixonova “Yangi rahbar kino sohasidagi korrupsiya va saviyasizlikka chek qo‘yadi”, deb ishonishini ta’kidladi.

2014 yili «O‘zbekfilm» ochiq aksionerlik jamiyati direktori Fayzirahmon Usmonov jiddiy taftish natijasida aniqlangan bir milliard so‘m kamomadda ayblanib ishdan olingan edi.

Bu voqeadan bir necha kun o‘tgach “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh muharriri Murod Muhammad Do‘st ham lavozimidan bo‘shatilgan edi.

O‘zbekiston kino industriyasining barcha tarmoqlarida boshlangan taftish paytida «O‘zbekfilm» ochiq hissadorlik jamiyati mahsulotlarini sotish bo‘limi boshlig‘i 51 yashar To‘lagan Nazarovning jasadi «O‘zbekfilm» binosida osilgan holda topilgan edi.

Darvoqe, o‘zini osgan To‘lagan Nazarov hozir «O‘zbekkino»ga rahbar qilib tushirilgan Otabek Musaev rol o‘ynagan “Qo‘rg‘oshin” filmiga prodyuserlik qilgan edi.

Prodyuser o‘limi ortidan 2015 yilning dekabrida Jahongir Qosimov agentlik rahbarligidan ketkazilgan edi.

Musaev bundan oldin O‘zbekiston Prezidenti devonida oddiy xodim bo‘lib ishlagan.

XS
SM
MD
LG