Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 16:10

O‘zbekiston Tojikiston uchun temir yo‘l tranziti tarifini pasaytirdi


O‘zbekiston va Tojikistonning temir yo‘l shirkatlari temir yo‘l orqali yuk tashishda chegirmalar tizimini yaratish borasida kelishuvga erishgan.

Tojikiston Transport vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkati neft mahsulotlari, alyuminiy va alyuminiy qirindisini Quduqli-Keles va Quduqli-Qoraqalpoq temir yo‘llari bo‘ylab tashishda belgilangan tarnzit narxlarini 15 foizga tushirgan.

O‘z navbatida, “Tojik temir yo‘li” shirkati ham O‘zbekiston yuklarini Tojikistonning temir yo‘l zonasi orqali tranzit qilishda chegirmalar taqdim etgan.

Mazkur kelishuv ikki qo‘shni davlat orasidagi yuk aylanmasining oshishiga xizmat qiladi, demoqda tojik rasmiylari.

XS
SM
MD
LG