Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:32

Rossiya Ukrainani qarzni to‘lamagani uchun sudga berdi


Rossiya Moliya vazirligi chorshanba kuni Ukraina hukumatini 3 milliard dollar qarzni to‘lashdan bosh tortgani uchun London Oliy sudiga berdi.Bu haqda matbuotga Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rossiya 2013 yilda Kiev tomonidan chiqarilgan 3 milliard dollarlik obligatsiyalarni Ukraina hukumatiga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida sotib olgan. Mazkur qarz 2015 yilning 21 dekabrida to‘liq to‘lib bo‘linishi shart edi.

2015 yil kuzida Kiev Moskvaga qarzni Ukraina qo‘ygan shartlar asosida to‘lashni taklif qilgan. ammo Moskva bu taklifdan bosh tortgan edi.

Siluanovning aytishicha, Ukraina bilan o‘tkazilgan muzokaralar natija bermaganidan so‘ng, Moskva London Oliy sudiga murojaat qilgan.

O‘tgan yilning 17 dekabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaning Rossiyadan qarzdor ekanini rasman tan olgan edi.

XS
SM
MD
LG