Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:33

Eron aeroportini O‘zbekiston uchun tranzit markazga aylantirish rejalanmoqda


Eron hukumati “Imom Xomayniy” nomidagi Tehron aeroportini O‘zbekistonga tranzit yuk tashish uchun bermoqchi. Bu haqda 18 fevral kuni Eronning O‘zbekistondagi elchisi Baxman Og‘arozi Do‘rmoniy ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning “Navoiy” va Tehronning “Imom Xomayniy” aeroporti rahbariyati bu boradagi shartnomani imzolagan. Shartnomaga binoan Tehron aeroporti O‘zbekiston mahsulotlari dunyoning boshqa mamlakatlariga olib o‘tilish uchun tranzit markaz vazifasini o‘taydi.

Eron elchisi xalqaro sanksiyalar bekor qilingani ortidan Tehron O‘zbekistonga zamonaviy texnologiyalarni etkazib berishni rejalashtirayotganini aytdi.

Do‘rmoniyga ko‘ra, Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi yiliga 1 milliard dollarga etishi mumkin. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq ko‘lami yiliga 250 million dollarni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG